Nefritlar va ularning turlari

Nefritlar va ularning turlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nefritlar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

Abdurasulova Muxlisaning tayyorlagan mustaqil ish taqdimoti Nefritlar. Ularning turlari Reja: 1. NEFRITNING YUZAGA KELISH SABABLARI 2 NEFRITNING ALOMATLARI VA BELGILARI 3 KASALLIK TURLARI 4 DAVOLASH, ASORATLARI, OLDINI OLISH Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Nefrit (buyrak yallig'lanishi) - koptokchali apparat shikastlanadigan yallig'lanishli buyrak kasalliklari guruhidir. Nefritda buyrak jom-chanoq tizimi, koptokchalari, tomirlar va kanalchalari shikastlanadi. Tibbiy ma'lumotlarga ko'ra, nefrit ko'pincha bolalar (asosan qizlar) va yosh o'g'il bolalar orasida uchraydi. YUZAGA KELISH SABABLARI Nefrit turiga qarab, bu kasallikning sababi o'tkir respirator virusli infektsiya, skarlatina, angina, infektsiyaning surunkali o'chog'i (tonzillit, tish kariyesi va boshqalar) bo'lishi mumkin. Qoida tariqasida nefrit o'tkir kasallik boshlanganidan keyin 10-20 kun ichida rivojlanadi. Nefrit rivojlanishiga turtki omili bo'lib tananing umumiy zaifligi, immunitetning pastligi, vitamin yetishmovchiligi, ortiqcha charchoq, umumiy yoki mahalliy sovqotish bo'lishi mumkin. Sovqotish kuzatilganda, buyraklarda qon ta'minoti yomonlashadi, bu ulardagi yallig'lanish jarayonining rivojlanishiga hissa qo'shadi. Spirtli ichimliklarni suiste'mol qilish, autoimmun kasalliklar, zaharlanish, qandli diabet, onkologik kasalliklar bilan nefrit rivojlanish ehtimolligi ortadi. ALOMATLARI VA BELGILARI Bemorning dastlabki shikoyatlariga charchashning kuchayishi, ishtahaning kamayishi, bel sohasidagi og'riqlar va bosh og'rig'i kiradi. Kasallik o'tkir tus olganida shish paydo bo'lishi va tana haroratining yengil ko'tarilishi kuzatiladi. Terining, ayniqsa yuz terisi oqimtir tus olishi mumkin. Bundan tashqari, nefritda ajraladigan siydik hajmining kamayishi kuzatiladi, ranggi esa loyqa yoki qizg'ish bo'ladi. Ba'zi hollarda nefrit alomatlari sifatida ko'ngil aynishi, qusish, og'iz qurishi, chanqoq namoyon bo'ladi. Siydik va qon tahlillari o'tkazilganda, gematuriya, massiv proteinuriya, disproteinemiya, giperlipidemiya va giperxolesterinemiya aniqlanadi. TASHXIS Agar nefritdan shubha qilinadigan bo'lsa, quyidagi tashxis usullari qo'llaniladi: Anamnezni yig'ish; Biokimyoviy qon tahlili; Siydik tahlili; Buyraklarning ultratovush tekshiruvi; Nechiporenko bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.5 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.5 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga