Nerv tizimi va oliy nerv faoliyati. Analizatorlar

Nerv tizimi va oliy nerv faoliyati. Analizatorlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nerv tizimi va oliy nerv faoliyati. Analizatorlar - rasmi

Material tavsifi

Nerv tizimi va oliy nerv faoliyati. Analizatorlar REJA: 1. Nerv tizimining ahamiyati. 2. Nerv tizimining tuzilishi. 3. Refleks - nerv tizimining asosi. 4. Oliy nerv faoliyati. 5. Sezgi a'zolari-analizatorlar. Nerv tizimi funksiyasi haqida tushuncha. Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv tizimining birinchi funksiyasi - odam organizmining barcha hujayra, to'qima va a'zolari funksiyasini boshqarish, ularning bir-biri bilan bog'lanishini ta'minlashdan iborat. Bu funksiyani markaziy nerv tizimining quyi qismlari (bosh miyaning quyi sohasida joylashgan uzunchoq, o'rta, oraliq miya, miyacha) dagi nerv markazlari, shuningdek, orqa miya bajaradi. Nerv tizimining ikkinchi funksiyasi - odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati, fe'l-atvori, fikrlashi, ongi, aqliy xususiyatlarini ta'minlaydi.Nerv tizimining bu funksiyasi akademik I.P.Pavlov tomonidan oliy nerv faoliyati deb nomlangan. Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv markazlari tomonidan boshqariladi. Nerv tizimining tuzilishi. Nerv tizimi ikki qismdan iborat. Markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimi orqa miya va bosh miyadan iborat. Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm,massasi 30-40 gr bo'ladi. Orqa miyada 13 milliondan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi.Ulardan chiqadigan ayrim nerv tolalarining uzunligi 1,5 m ga yetadi. Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan: tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'risimon,ichki qavati yumshoq parda. O'rta va ichki qavat pardalari orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi.Orqa miyaning pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.91 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.91 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga