Nerv tizimi - rasmi

Material tavsifi

Nerv tizimi Reja: Orqa miya. Orqa miyani sitoarxitektonikasi. Orqa miya yadrolari. Tibbiyotdagi ahamiyati. Miyacha. Periferik nerv sistemasi. Vegetativ gangliy neyronlari. Klinik ahamiyati Markaziy nerv sistemasiga bosh miya, orqa miya va miyacha kiradi. Taraqqiyoti. Siz bilasizki, nerv sistemasi ektodermadan takomil etadi. Avval nerv nayi, nerv tutamlari hosil bo'ladi. Nerv nayi hujayralari tez bo'linishi natijasida uning devori qalinlashadi, teshigi torayadi. Nerv nayi bo'shlig'i orqa miya kanaliga, miya qorinchalariga aylanadi. Orqa miya nerv nayining pastki qismidan taraqqiy etadi. 1-2-bel umurtqasiga bo'lgan sohani to'ldirib turadi, kaudal qismi esa orqa miya segmentlaridan chiqayotgan afferent va efferent nerv tolalaridan iborat. Nerv nayining oldingi bosh qismi intensiv rivojlanib undan 3 ta miya pufaklari: oldingi, o'rta va orqa pufaklar hosil bo'ladi. So'ngra ulardan 5 ta miya pufagi paydo bo'ladi. Oldingi miya pufagidan hosil bo'ladi: Telensefalon, bu qismda miyaning po'stloq qismi, unga to'g'ri keluvchi oq modda va markaziy tugunlar, xidlov nervi (rinensefalon) va gipotalamus sohasining oldingi qismi (pars optika) shakllanadi. Oxirgi miya bo'shlig'idan lateral qorinchalar, II qorincha oldingi qismi hosil bo'ladi. Oraliq miya (diensefalon), bu qismda globus pallidus, talamus optikus, metatalamus, epitalamus va gipotalamus sohasining orka qismi shakllanadi. Oraliq miya bo'shlig'i II qorincha orqa qismiga (ko'z pufagiga) aylanadi. O'rta miya pufagidan hosil bo'ladi: 3. Mezensefalon, bu qismda to'rt tepalik, miya oyoqchalari hosil bo'ladi. Bo'shlig'I bosh miya qorinchalari va orqa miya kanalini birlashtiruvchi Silviy suv yo'liga aylanadi. Orqa miya pufagidan hosil bo'ladi: 4. Metensefalon, bu qismda Varoliev ko'prigi va miyacha taraqqiy etadi. Bo'shlig'I IV qorinchaga to'g'ri keladi. 5. Mielensefalon, uzunchoq miyani hosil qiladi. Nerv nayi hujayralari 3 yo'nalishda differensiallashadi: 1). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.39 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.39 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga