Nerv tizimining fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Nerv tizimining fiziologiyasi Chaqaloqning orqa miyasidagi neyronlarning tuzilish Oldingi miya faoliyatlarining rivojlanishi reflekslar Chaqaloq va murg'ak bolalarning miyasi nisbatan katta bo'lib, chaqaloqlarda u badan massasining 18-19, bir yashar bolada 111-112, besh yashar bolada 113-114, katta yoshdagi odamlarda 140 qismini tashkil qiladi. Chaqaloq tana massasining 1 kg ga 109 g miya to'qimasi to'g'ri kelsa, katta yoshdagi odamlarda bu ko'rsatkich 20-25 g ni tashkil qiladi. Bola hayotining birinchi yillari miya tez o'sadi. Birinchi to'qqiz oy davomida uning massasi ikki marta, uch yilda uch martaga ko'payadi. Chaqaloqlarning MNT dagi neyronlar soni katta yoshdagi odamlarnikiga teng va o'sish davrida ko'paymaydi. Ammo neyronlarning akson va dendritlari o'sadi va shoxlanadi. O'siqlar hosil qilgan sinapslar soni ko'payadi, aksonlar yo'g'onlashib, mielin bilan qoplanadi. Chaqaloqning orqa miyasidagi neyronlarning tuzilishida 3-4 yashar bolalarnikidan deyarli farq yo'q. Ikkinchi bolalik davrida hujayralar kattalashadi, ularda argentofil donachalr paydo bo'ladi. MNT ning funksional etilishi tolalarning mielin bilan qoplanishi, neyrofibrillar shakllanishi sinapslar paydo bo'lishiga bog'liq. Orqa miyadagi tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar avval mielinlashadi, keyin ko'tariluvchi tutamlar tarkibidagi tolalar mielin bilan qoplanadi. Bosh miyada, aksincha, avval sezuvchi tuzilmalar mielinlashadi. Bola tug'ilganida orqa miyadagi va miya qo'ndog'idagi asosiy o'tkazuvchi yo'llarning mielinlashuvi tugaydi. Faqat piramida yo'li va olivo-spinal yo'lning mielin bilan qoplanishi orqada qolgan bo'lib, bola 3-4 yoshga to'lganida yakuniga etadi. Uzunchoq miya, ko'prik, o'rta miyadagi nerv hujayralari tug'ilish vaqtiga kelib to'la shakllanadi, rubro-spinal yo'l mielinlashadi. Chaqaloqlarda po'stloq osti tuzilmalari - oqimtir yadro, qora modda va subtalamik yadro tarkibidagi neyronlar ham yaxshi rivojlangan. Faqat targ'il tananing shakllanishi bola 6 oylik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.59 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:49 ]
Arxiv ichida: doc