Nerv tizimining xususiy fiziologiyasi va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: 1. Nerv markazlaridagi tormozlanish. 2. Reflektor jarayonlarining koordinatsiyasi. 3. Markaziy nerv tizimining xususiy fiziologiyasi. 4. Bosh miya va orqa miya. 5. Vegetativ nerv tizimi. 6. Limbik tizim va retikulyar formatsiya. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. U nerv tizimining boshqa qismlariga qaraganda tezroq rivojlanadi. Chaqaloq tug'ilganida bosh miya massasi kattalar miyasining 25% ini tashkil qiladi. Bola bir oyligida bu ko'rsatkich 50 % ni, 2,5 yoshligida -75% ni va 5 yoshda 100% ni tashkil etadi. Yangi tug'ilgan bola bosh miyasining vazni 340 - 400 g bo'lib, tana vaznining sakkizdan bir yoki to'qqizdan bir qismini tashkil qiladi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o'sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan tez o'sadi. Orqa miya kelib chiqishiga ko'ra markaziy nerv tizimining qadimiy bo'limi hisoblanadi. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo'yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig'ida joylashgan bo'lib, katta odamda uning vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng bo'lib, yassilashgan silindrsimon ko'rinishga ega. Yangi tug'ilgan bolada orqa miyaning massasi 6-10 g, uzunligi 13-15 sm bo'ladi. 10 yoshda uning uzunligi ikki barobar oshadi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o'sishi harakat faoliyati murakkablashishi bilan parallel boradi. Orqa miya odatda markaziy nerv tizimining boshqa bo'limlariga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Homilaning dastlabki shakllanish davrida orqa miya anchagina katta bo'ladi. Yosh bolalarning orqa miya ko'ndalang kesimida oldingi shoxlarning orqa shoxlarga qaraganda sezilarli rivojlanganligi ko'rinib turadi. Orqa miya segment shaklida tuzilgan bo'lib, unda 8 ta ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.14 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.14 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:49 ]
Arxiv ichida: doc