Nerv to'qimasi

Nerv to'qimasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nerv to'qimasi - rasmi

Material tavsifi

Nerv to'qimasi REJA: 1. Reseptorlar haqida tushuncha 2. Nerv hujayrasining tuzilishi va ahamiyati 3. Unipolyar, biopolyar, multipolyar neyronlar haqida tushuncha 4. Nerv hujayrasining morfologik tuzilishi Reseptorlar haqida tushuncha Nerv to'qimalari jami bir butun bo'lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. bu sistema har qanday tashqi va ichki ta'sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazib berish va u yerda analiz-sintez jarayonida hosil bo'lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga yetkazib berish kabi o'ta murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit bilan uzluksiz bolanish bo'lib turadi. Ma'lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta'sirni qabul qiluvchi appartlar-reseptorlar joylashgan. tashqi ta'-sirni qabul qiluvchi reseptorlar eksteroreseptorlar, ichki ta'sirni qabul qiluvchi reseptorlar interoreseptorlar deyiladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, tashqi va ichki reseptorlar qabul qilgan ta'sir impuls tariqasida markazga intiluvchi nerv (afferent) hujayralari (neyronlar) orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS) etkazila-di. U yerda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya'ni markazdan qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) etkaziladi. Nerv to'qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi guruh-oraliq (assositiv) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o'tkazish vazifasini bajaradi. Masalan, impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o'tkazishi mumkin. Umuman olganda, nerv to'qimasi ikkita katta tarkibdan: o'ziga xos vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to'qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan (2) tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi. Nerv hujayrasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga