Nevropatologiya ta'rifi orqa miya Reja: Nevrologiya tarixi. Qadimgi zamon nevrologiyasi. O'rta asr nevrologiyasi. O'zbekiston nevrologiyasi. Orqa miya tuzilishi, fuksiyalari va patologiyasi. Nevropotologiya fani - inson nerv sistemasi faoliyatini buzilishi sabablari va ana shu buzilishlarni oldini olish, davolash usullarini tadqiqot qilish haqidagi fandir. Nevrologiya tarixi Qadimgi zamon nevrologiyasi Nerv sistemasi, uning tuzilishi, kasalliklari va ularni davolash haqidagi dastlabki ma'lumotlar quldorlik tuzimi davrining tibbiy manbalarida uchraydi. Bu ma'lumotlarda nerv kasalliklarining tashqi belgilari emperik tarzda tasvirlangan. Quyida keltirilgan nevrologiya tarixi bo'yicha ma'lumotlar qadimgi Misr, Yunoniston, Rim imperiyasi, arab tabobati, O'rta asr uyg'onish davrlarini hamda hozirgi zamon tabobatlarini o'z ichiga oladi. Qadimgi misr nevrologiyasi Misrlik koxinlar tabib sifatida tan olingan edilar. Ular nerv sistemasining bazi kasalliklari, masalan, bosh miya chanog'i jarohatlari, miya shikastlanishi bilan bog'liq bo'lgan falajlar, yuz nervining falaji va boshqalar haqida bilishar edi. Gerodotning takidlashicha (eramizdan avvalgi V asr), Misrda ayrim tabiblar faqat ko'zni, ayrimlari - boshni, uchinchilari - tishlarni, to'rtinchilari - qorin kasalliklarini davolashar, beshinchilari esa, ayrim ichki a'zolarni davolashga ixtisoslashgan edilar. Qadimgi Hindiston nevrologiyasi Qadimgi Hind tabiblarining nerv sistemasiga doir ma'lumotlari Sushrutaning «Ayur-Veda» kitobida keltirilgan. Bazi tadqiqotchilar bu kitobni eramizdan oldingi VI asrda yozilgan deb taxmin qilishsa, boshqalari bu asar IX-II asrlarga mansub deb uqtiradilar. «Ayur-Veda»da yozilishicha, odamda 24 ta nerv va 9 ta sezgi a'zolari bor. Sushrutaning aytishiga ko'ra, kindik asosiy hayot manbaidir, barcha nerv va tomirlar kindikdan boshlanar ekan. Hind shifokorlari sog'liqning asosiy ko'rsatkichlari deb quyidagilarni: aql-xushning tiniqligi, sezgi a'zolarining normal faoliyati, organik suyuqliklar nisbatining barobarligi, organizm chiqindilarining to'g'ri ajralishi hamda hayotiy funksiyalarning normal holatini hisoblaydilar. Mana shulardan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.69 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
441.69 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:49 ]
Arxiv ichida: docx