Nevrotik kasallik tashxisi Har bir shifokor va hamshira kunda bu kabi bemorlarga duch keladiki, ularning butun klinik ko'rinishi yoki asosiy qismi nevrotik kasalliklar bilan bog'liqdir Har qanday kasallik qo'rquv, havotir, tashvish va boshqa qator salbiy his-tuyg'ular tug'diradi. Jismoniy somatik kasalliklar, butunlay boshqa bir sabablarga ko'ra, allaqachon paydo bo'lgan nevrotik buzilishlar tufayli kelib chiqadi. Yana shunisi ham borki, nevroz bilan og'rigan bemor ko'pincha psixoterapevtga emas, balki terapevtga murojaat qiladi. Negaki, nevroz allaqachon ichki a'zolarni dardga chalint irib qo'ygan bo'ladi. Bunday paytda klinik manzara aralash, g'alati, u yoki bu nozologik birliklarning odatdagi ko'rinishiga to'g'ri kelmagan nevrotik buzilishlarni jismoniy kasalliklardan qay yo'sin ajratsa bo'ladi Bu oson emas. Negaki, bemor odatda «nerv»dan emas, balki aniq bir noxush hislar: og'riq, hansirash, yurak «gupur»i, bo'shashish, bosh aylanishi, qabziyat va hoka'zolardan aziyat chekayotganligidan noliydi. Bunday bemorlarni nima qilish kerak? Buning javobi oddiy. Maxsus tadqiqotlarning ko'rsatishicha, poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarning to'rtdan uch qismi jismoniy kasallik bilan emas, balki nevroz kasalligi bilan og'rigan boiadilar. K.Gaienning taxminiga ko'ra, bemorlar shikoyatining oltmish foizi jismoniy emas. balki emotsiona! belgilardan iborai bo 'ladi. Nevrotik kasalliklar hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda odam ko'p duchor bo'ladigan dardlardandir. Buning hayratlanari joyi yo'q: zero, a'zo qancha murakkab bo'lsa, uning dardga chalinishi shuncha oson. Nerv sistemasiday murakkab narsa bor ekanmi? Agar kasallik faqat nevrotik buzilishlardan iborat bo'lib, bemor psixoterapiya uchun «pishib yetilgan» bo'lsa bormi, unda har qanday dori - antibiotik bo'ladimi, safro haydovchi bo'ladimi yoki spazmolitik bo'ladimi, foyda keltiraveradi. Bu o'rinda platsebo effektini yodda tutmog'imiz kerak. Har qanday kasallikning birlamchi tashxisi - shu kasallikning bo'lishi ehtimoli borligini unutmaslikdadir. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.13 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.13 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:49 ]
Arxiv ichida: doc