Neyron va nerv tizimining yoshga bog'liq xususiyatlari

Neyron va nerv tizimining yoshga bog'liq xususiyatlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Neyron va nerv tizimining yoshga bog'liq xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Neyron va nerv tizimining yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: 1.Nerv tizimi haqida tushuncha. 2.Prenatal va postnatal davrida nerv tizimining morfologik xususiyatlari va rivojlanishi. 3.Neyron va nerv tolalarining yoshga bog'liq xususiyatlari. 4.Nerv to'qimasining xossalari. 5.Nerv markazlari va ularning xossalari. I.P.Pavlovning ta'rifi bo'yicha, nerv tizimi tizimlarning tizimidir. U organizmdagi barcha funksional tizimlarning ishini boshqaradi, hujayra, to'qima, azo va tizimlarning funksional butunligini ta'minlaydi. Uning yordamida turli ta'sirlar idrok etiladi va tahlil qilinadi, hamda tashqi va ichki muhitdagi o'zgarishlarga muvofiq ravishda organizmda javob reaksiyalari shakllanadi. Nerv tizimi axborotni tez va aniq uzatish, uning umumiylashuvini ta'minlaydi. U turli a'zolar faoliyatini muvofiqligini boshqaradi va natijada organizmni doimo o'zgarib turgan tashqi muhitga moslashtiradi. Boshqacha aytganda, organizm o'zini idora qilish va moslashuv jarayonlarini nerv tizimi orqali amalga oshiradi. Nerv tizimi orqali tashqi muhit va ichki a'zolardan turli signallar qabul qilinib, tahlil etiladi va ularga muvofiq ravishda javob qaytariladi. Markaziy nerv tizimining yuqori bo'limlari yordamida ruhiyat funksiyalari-tashqi dunyodagi signallarni qabul qilish, ularni eslab qolish, malum bir qarorga kelish, maqsadga muvofik fel-atvorning shakllanishi hamda abstrakt tafakkur va nutq jarayonlari ro'y beradi. Nerv tizimining faolligi tufayli odam tashqi muhitga ta'sirini o'tkaza oladi. Yuqorida ko'rsatilgan murakkab funksiyalar juda ko'p sondagi nerv hujayralari-neyronlar orqali amalga oshiriladi. Nerv hujayralari neyron zanjirlar va nerv markazlariga birikib funksiyalarni boshqaradi. Xullas, nerv tizimi-bu elektrokimyoviy kommunikatsion murakkab tuzilma bo'lib, har qanday fel-atvordagi har bir harakatni, o'y-fikrni, sezuvchanlikni va fazoda harakatni muvofiq tarzda boshqaradigan tuzilmadir. Nerv tizimi gumoral tizim bilan o'zaro bog'liq holda organizmdagi barcha funksiyalarni boshqaradi. Nerv tizimining umumiy tuzilishi Nerv tizimi markaziy va periferik nerv tizimlarga ajratiladi. Markaziy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.84 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.84 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga