Nos chekishning oqibati

Nos chekishning oqibati

O'quvchilarga / Tibbiyot
Nos chekishning oqibati - rasmi

Material tavsifi

Nos chekishning oqibati Ko'p yillar davomida nos chekish tufayli odam organizmi nos tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zararli moddalardan zaharlanadi. Ta'kidlash joizki nos tarkibidagi zaharli moddalardan eng avvalom bop miyaning asab hujayralari zararlanadi. Natijada kashandaning ruhiyati buziladi. Uning kayfiyati tez-tez o'z-o'zidan, ayniqsa nos qabul qilish muddati kechikkan paytlarda yomonlashadi, sal narsaga jahli chiqadi. Atrofdagilar bilan muomalasi murakkablashadi. Fikrlash, aqliy mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Xotirasi yomonlashadi, o'qigan, ko'rgan, eshitgan narsalarini esida saqlay olmaydi. O'zlashtirish qobiliyati pasayadi, asta-sekin oylar, yillar o'tishi bilan yuqoridagi ruhiy kasallik belgilariga jismoniy hastalik belgilari ham qo'shiladi. Kashandaning yuragi, o'pkalari, jigari, bo'yraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi, yuragi o'ynaydi, arterial qon bosimi ko'tariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari ko'karadi. Shuningdek, jigar sohasida (o'ng qovurga ostida) og'riq paydo bo'ladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda ko'zlarining osti shishgan bo'ladi. Kechqurun esa oyoqlari shishadi. Shunday qilib, ko'p yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qobiliyatini yo'qotadi, vaqtidan ilgary keksayadi va nogironga aylanadi: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.22 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.22 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga