Ochiq shikastlanishlar

Ochiq shikastlanishlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ochiq shikastlanishlar - rasmi

Material tavsifi

Ochiq shikastlanishlar Reja: Ochiq shikastlanish haqida, jarohatlar haqida. Jarohat tasnifi Yopiq shikastlanishlar Ochiq shikastlanish haqida, jarohatlar haqida. Teri yoki shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida jarohatlanish ochiq shikastlanish deyiladi. Bunday ta'sir natijasida ancha ichkarida joylashgan to'qimalar ham zararlanishi mumkin. Shikastlanish oqibati (prognoz) quyidagilarga bog'liq: qon ketishi miqdoriga; travmatik shikastlanishning yengil-og'irligiga; mahalliy infeksiya bor-yo'qligiga; hayotiy a'zolarga shikast etishiga. Ochiq shikastlanishlarning klinikasi mahalliy va umumiy simptomlardan iboratdir: a) mahalliy-og'riq, teri butunligining buzilishi, jarohat, uning ochilib turishi, qon ketishi; b) umumiy o'tkir anemiya, shok, infeksiya, og'riq zararlangan zonaning nerv bilan qanchalik ta'minlanganligiga va ta'sir etgan jismning o'tkir yoki o'tmasligiga, jarohatning yuza va chuqurligiga, uning yirikligiga bog'liq. Jarohat tasnifi Shikastlanishlar (jarohatlar) kelib chiqish xususiyatlariga, to'qimalarning zararlanishi xarakteriga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: kesilgan, sanchilgan, chopilgan, urib olingan, ezilgan, yirtilgan, lat egan, tirnalgan, tishlangan, o'q tekkan, teshib o'tilgan aralash. Klinik belgilariga ko'ra jarohatlar turli xil bo'lishi mumkin. Jarohatlar yangi yoki kechikkan bo'ladi. Yangi jarohat deb 24 soat ichida bemorga birinchi jarrohlik muolajasi o'tkazilishiga aytiladi, agar bemor jarohat olgandan keyin 24 soat vaqt o'tkazib, vrachga uchrasa, u kechikkan jarohat deyiladi. Jarohat birlamchi va ikkilamchi bitishi mumkin, agar yiringlab bitsa ikkilamchi, yiringlamasa birlamchi bo'ladi. Birinchi yordam. Shikastlangan bemorga birinchi yordam ko'pincha tibbiyotga aloqasi bo'lmagan kishilar tomonidan ko'rsatiladi, chunki vrach o'rta tibbiyot xodimi shikastlangan bemor yonidan birga bo'lmasligi tabiiy holdir. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: jarohatni yuvilgan qo'l bilan ushlash butunlay man etiladi; bog'lam qo'yilgach, uni mahkamlash uchun iloji bo'lsa elastik bintlar qo'yish foydalidir; qonni to'xtatish uchun qo'l yoki oyoqni ko'tarib qo'yish va bog'lam qo'yish darkor. Agar shunda ham qon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.09 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.09 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga