Ochiq va yopiq shikastlanishlar va shifokordan oldingi yordamni tashkil etish Reja: Jarohatlar va jarrohlik infektsiyasi Travmatik shok Ezilish sindromi Qon ketishi v uning turlari Xirurgiya meditsinaning bir sohasi bo'lib, u asosan mexanik yo'l bilan (asboblar, qo'l yordamida) patologik protsessga ta'sir etib, ya'ni operatsiya qilib davolanadigan kasalliklarni o'rganadi. «Xirurgiya» so'zi grekcha bo'lib, «qo'l amali» demakdir. Bu so'zning dastlabki ma'nosi o'tmishda xirurgiyaning amaliy yo'nalishi tor bo'lganligini ifodalaydi. Hozirgi xirurgiya xirurg vrachdan «qo'l-amali»gina emas, ya'ni mohirlik bilan operatsiya qilish texnikasinigina emas, balki hozirgi meditsinaning asosi bo'lgan biologik va maxsus fanlarni (anatomiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalarni) bilishni ham talab qiladi. Meditsina, texnika, fizika va ximiyaning rivojlanish darajasi xirurgik kasalliklar doirasini belgilab beradi. Xirurgik bemorlarni operatsiya qilib davolashda turli shifobahsh maqsadlarga erishiladi: ba'zi bir kasalliklarda uning o'chog'i (masalan, o'sma) olib tashlanadi, boshqa operatsiyalar organlarning funksiyasini yaxshilaydi, tug'ma nuqsonlar ba'zan operatsiya yo'li bilan bartaraf qilinadi. Hozir odam gavdasining hamma sohalarida va hamma ichki organlarda, shu jumladan, ilgari xirurgiya etolmagan miya, yurak va o'pka kabi organlarda ham murakkab operatsiya qilinmoqda. Birinchi meditsina yordami ko'rsatganda quyidagilar bajariladi: yaraga va kuygan sohaga aseptik bog'lov qo'yish; qo'l ostidagi narsalar yordamida oqayotgan qonni vaqtincha to'xtatish; suyaklar singanda va yumshoq to'qimalarning butunligi buzilganda qo'l ostidagi narsalar yoki transport shinalari yordamida o'sha sohani immobilizatsiya qilish, shokka qarshi eng oddiy choralar ko'rish (bemorni isitish, aroq ichirish, og'riqni kamaytirish uchun morfin, promedol yoki pantapon inyeksiya qilish; kamfara, korazol, kordiamin, kofein va boshqalardan inyeksiya qilish); har xil usullarni qo'llagan holda bemorga sun'iy nafas oldirish (aksari Rubenning aktiv metodidan foydalaniladi) hamda yurakning ustidan massaj qilish va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.27 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.27 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: pptx