Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi

Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi Reja: Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi Odam haqidagi fanlarning shakllanishi Odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi Odam uzoq davom etgan biologik va ijtimoiy evolutsiyaning mahsulidir. Odam o'zining shakllanishi jarayonida, uni o'rab olgan dunyoning sirlarini bilib oldi. Tabiatga moslashish bilan birga, uni o'zining ehtiyojlariga mos tarzda o'zgartira boshladi. Tabiatning qonunlarini bilish bilan birga, odam o'z organizmining tuzilishini ham o'rgana boshladi. Shunday qilib, odam organizmi haqida fanlar shakllandi. Bular orasida odam anatomiyasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va gigiyenasi fanlari muhim o'rin tutadi. Odam tanasining va uning organlarining tuzilishini odam anatomiyasi fani o'rganadi. Anatomiya atamasi lotincha, anatemna - kesib ko'rish degan ma'noni bildiradi. Odam organizmini zamonaviy tekshirish usullari (rentgenografiya, ultratovush va boshqalar) anatomiya fanining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Anatomiya fani 2 qismga bo'linadi: 1. Makroanatomiya - organizmning ichki va tashqi organlarning tuzilishi, odamning bo'yi, og'irligi, proporsiyasi va tana tuzilishining tiplarini o'rganadi. 2. Mikroanatomiya - hujayra, to'qima va organlarning mikroskopik tuzilishini o'rganadi. Anatomik tekshirishlar organlarning tuzilishining normadan chetga chiqish holatlarini aniqlab, diagnostikada muhim o'rin tutadi. Odam fiziologiyasi fani - odam organizmi va uning organlarining funksiyasini o'rganadi. Fiziologik usullarning asosini sog'lom va kasal odamlarni kuzatish va hayvonlarda tajriba o'tkazish tashkil qiladi. Qon, siydik, so'lak va organlarning hayot faoliyati natijasida hosil bo'ladigan moddalarni laboratoriya usullari bilan tekshirish shu organlarning funksional holati haqida xulosa qilish imkonini beradi. Zamonaviy elektronikaning rivojlanishi yurak, miya, tomirlar va boshqa organlarning elektrik aktivligini o'rganishga imkon yaratmoqda. Psixologiya (yunoncha-psixo-qalb, ruh). Psixologiya - bu odamning individual-shaxsiy xususiyatlari va ruhiy jarayonlarining umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Har bir odam tashqi dunyoni o'zicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 351.44 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 351.44 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga