Odam askaridasi Tashqi tuzilishi va hayot kеchirishi. Ko'pchilik nеmatodalar ipsimon(nеma-ip, toda-to'garak) shaklga ega. Odam askaridasining tanasi duksimon shaklda, oqish yoki sarg'ish rangda bo'ladi. Erkagining uzunligi 15-25 sm, urg'ochisi 20-40 sm kеladi. Erkak askarida dumining uchi qorin tomoniga qarab ilmoqqa o'xshash egilgan. Yopishish organlari rivojlanmagan. Askarida ingichka ichakda parazitlik qiladi. Tеri - muskul xaltasi. Askaridaning tanasi tashqi tomondan pishiq elastik kutikula bilan qoplangan(20-rasm). Kutikula ostida epitеliy hujayralari o'zgarishidan hosil bo'ladigan gipodеrma qavati hamda yirik va uzun hujayralardan iborat muskul qavati joylashgan. Kutikula, gipodеrma va muskullar qavati tеri-muskul xaltasini hosil qiladi. Tеri - muskul xaltasi tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Muskul hujayralari tana dеvoriga nisbatan ko'ndalang joylashganligi tufayli askarida tanasini faqat ega oladi. Byo'lama muskullari bo'lmaganligi sababdan uning tanasi cho'zilish yoki qisqarish xususiyatiga ega emas. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan at ega oladi. Bo'ylama bo'lib, unda hazm qilish va jinsiy organlar joylashgan. Suyuqlik askarida tanasi dеvoriga bo'sim ostida ta'sir qilib, uning tanasini tarang (turgor) holatda tutib turadi. Askarida tanasi elastik sim kabi ichak dеvoriga tiralib turganidan ichakdan tushib kеtmaydi. Hazm qilish sistеmasi. Askaridaning hazm qilish sistеmasi ikki uchi ochiq uzun nayga o'xshaydi (22-rasm). Bu nay og'iz tеshigidan boshlanadi. Hazim qilish organlari qisqa halqum, qizilo'ngach, o'rta ichak va orqa ichakdan iborat. Og'iz tеshigi uchta lab bilan o'ralgan. Askarida ingichka ichakdagi oziqni so'rib oziqlanadi. Oziqning hazm bo'lmagan qismi anal tеshigi orqali chiqib kеtadi. Ayirish va nеrv sistеmasi. Askaridaning ayirish sistеmasi tanasi bo'ylab joylashgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tanasi yon tomonidagi gipodеrma valiklari (yo'g'onlashuvi) ichidan o'tadi. Naylar nеmatoda boshi yaqinida o'zaro tutushadi va ayirish tеshigi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc