Odam embriologiya. Gistoorganogenez va provizor a'zolar Reja: Gastrulyatsiya va uning mohiyati. Erta gastrulyatsiya, uning hosilalari. Kechki gastrulyatsiya, mohiyati va uning hosilalari. Embrional varaqlar. Gistogenez va induktiv omillar. Entoderma, uning hosilalari. Mezoderma va mezenxima; ularning hosilalari. Ektoderma va uning hosilalari. Provizor a'zolar, turlari, hosil bo'lish yo'llari. Yo'ldosh, uning qismlari, tuzilishi. Yo'ldosh to'sig'i, uning «homila-ona» tizimida tutgan roli. Taraqqiyotining ikkinchi xaftasi. Gastrulyatsiya. Gastrulyatsiya (gaster-me'da), murakkab morfologik va biokimyoviy jarayon bo'lib, bu jarayonda homila varaqlari tashqi (ektoderma), o'rta (mezoderma) va ichki (entoderma) - yani to'qima va a'zolar kurtaklari, o'q a'zolar qomplekslari (manbalari) hosil bo'ladi. Gastrulyatsiya uchun hujayralarning ko'payishi, o'sishi, ko'chib o'tishi va differentsirovkasi xarakterlidir. hayvonot dunyosida gastrulyatsiyaning 4 ta usuli bo'lib (invaginatsiya, epiboliya, delyaminatsiya, immigratsiya), odamda gastruliyatsiya homila qalqonining delyaminatsiyasi (ajralishi, ikkiga bo'linishi) va keynchalik immigratsiya usuli bilan kechadi, va oxirida uchta varaq hosil bo'ladi. Aytganimizdek, odamda implantatsiya gastrulyatsiya bilan birga kechadi va gastrulyatsiya ikki bosqichda boradi: 1) Erta gastrulyatsiya delyaminatsiya bo'lib, embriogenezning 7-14 kunlarida; 2) Kechki gastrulyatsiya embriogenezning 15-17 kunlarida kechadi. Delyaminatsiya vaqtida ikkita varaq, tashqi varaq - epiblast (ektoderma, mezoderma va xordani tashkil qiluvchi material hujayralarini tutadi), ichki varaq - epiblast (homiladan tashqari ektodermani hosil qiluvchi material hujayralarni tutadi). hosil bo'ladi epiblast trofoblastlarga qaragan bo'lib, keyinchalik amniotik pufakning pastki devorini, gipoblast esa, sariqlik pufakchasini yuqori devorini hosil qiladilar. Epiblast gipoblast ustida yotadi. Epiblast hujayralarini ko'payishi, xar tomonga ko'chib o'tishi oqibatida birlamchi tasma hosil bo'ladi). Birlamchi tasmada uchta qism bosh, tana va dum qismlari ajratiladi. Birlamchi tasma bosh qismi kengayib birlamchi bosh (Genzen) tugunini hosil qiladi. Bu tugundan o'q skeletga asos soluvchi ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.4 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.4 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc