Odam embriologiyasi asoslari. Jinsiy hujayralar. Urug'lanish, maydalanish va gastrulyatsiya. Gametogenez. Otalanish Reja: Odam embriologiyasi fani haqida tushuncha. Embrional oldi davri, gametalar, erkaklar jinsiy hujayralari, tuzilishi, Spermatogenez, bosqichlari. Ayollar jinsiy hujayralari, Ovogenez. bosqichlari. Urug'lanish, bosqichlari, zigota tuzilishi. Maydalanish, jarayoni. Blastotsistaning tuzilishi. Implantatsiya va homila ovqatlanishi. Embriologiya fani tarixi haqida qisqa ma'lumot. Embriologiya fani qadimiy fan bo'lib, homila organizmining taraqqiyot qonunlarini o'rganadi. Inson yaratilibdiki, u o'zining paydo bo'lishi bilan qiziqib kelgan. Homila haqidagi birinchi ma'lumotlar AVYeSTO kitobida xam berilgan. Qadimgi Misrda, Xitoyda sun'iy sharoitda qushlar o'stirilgan, yo'ldosh haqida ma'lumotlar bo'lgan. Embriologiya haqidagi birinchi nazariy ma'lumotlar birinchi marta Gippoqrat), Aristotel (IV asr bizgacha) asarlarida elon qilingan: Gippoqrat «Yetti oylik homila», «Urug' haqida», «Bola tabiati» haqida kitoblar yozgan. Aristotel odam va hayvonlar embriologiyasi haqida 5 ta kitob yozgan («Urug'ning kelib chiqishi haqida», «har xil hayvonlar bachadonlari shakli» va sh. k), epigenez nazariyasini yaratgan. Lekin bu olimlarda materialistik tushunchalar bo'lmagan. Masalan, Aristotel «homila ayol qoniga erkaklar urug'i qo'shilgandan keyin rivojlanadi» degan notug'ri g'oyani ilgari so'rgan. XVII asr boshlarida mashxur farang faylasuflari Bekon va Dekartlar Gippoqrat, Aristotel tushunchalari asossiz, deb tajriba yo'li bilan fanni rivojlantirish lozimligini ko'p o'qtirishganlar. Shundan so'ng, V.Garvey tajribalar asosida «qon aylanish» nazariyasi, «hayvonlar faqat tuxumdan rivojlanadi» degan g'oyalarini ilgari so'rdi. Shu yillarda preformistlar «urug'larda tayyor odamchalar bo'ladi» degan tashvikotlarni kirgizdilar. Nemis olimi K. Volf (1733-1794) epigenez va pprofomizm nazariyalarini qattiq tanqid qildi va asosli ravishda «homila varaqlari» nazariyasini yaratdi. U hayvonlar, qushlar embriologiyasini chuqur o'rgandi, buyrak (Volf) tanachasini, yurak taraqqiyotini asoslab berdi. A.Levenguk va talaba Gam birinchi marta spermani miqroskop ostida ko'rdilar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc