Odam gavdasi antropometriyasi. Reja: 1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari. 2 Antropometrik tekisliklar, o'qlar, chiziqlar va nuqtalar. 3 Odam gavdasi o'lchamlari va shaklini xarakterlovchi belgilar. 4 Kiyim andozalashda ishlatiladigan antropometrik belgilar va antropometrik asboblar. 5 O'lchovlarni olish metodikasi , o'lchashlar dasturi. 1 Antropometrik texnikaning umumiy tamoyillari Yuqorida odam shaklining tashqi ko'rinishini aniqlovchi asosiy morfologik belgilarni ko'rib chiqamiz. Bu belgilarning kattaligi, jins va yoshga qarab o'zgaradi, o'zgaruvchanlik faqatgina ba'zi o'lchamlardagina emas, balki mutanosiblik tiplarida va gavda tuzilishi tiplarida ham bo'ladi. Xilma-xillikni miqdoriy baholash uchun ma'lumotlar miqdori bo'lishi zarur. Bu ma'lumotlar aholini ommaviy tekshirishlar natijasida olinadi. Odam tanasining va uning alohida qismlarini o'lchashdan iborat antropometrik tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi. Antropometriya aholi tartibiga kiruvchi odamlarning konkret gruppalarining morfologik belgilarini tekshirish bilan shug'ullanadi. Odam gavdasi o'lchamlarini tekshirish natijalari o'tgan asrning oxirlaridan boshlab foydalaniladi. Hozirgi vaqtda antropometriya ma'lumotlari klinik va sport meditsinasida, gavdaning jismoniy rivojlanishida, konstruktsiyasi, mutanosibligi va hoka'zolarning xususiyatlarini o'rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli o'lchamlari haqidagi ma'lumotlar sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega. Amaliy antropologiyani bilmasdan turib, yengil sanoat tarmoqlari, jumladan tikuvchilik tarmog'i oldida turgan masalalarni yechish mumkin emas. Odam gavdasi formasi va o'lchamlari aholining turli gruppalari va ularning orasidagi variant ma'lumotlar va bilimlar bo'lgandagina odam gavdasi formasi va o'lchamlariga mos kiyimni ko'plab ishlab chiqarish mumkin. Ma'lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshirishlar maxsus programma bo'yicha olib boriladi. Natijalar kiyim andozalash uchun o'lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Har bir antropometrik tekshirish o'z uslubiga ega. a) Antropometrik uslub tamoyillari. To'g'ri ma'lumotlar olish uchun o'lchashlar metodikasi ishlov berishni talab etadi. O'lchashlarni o'tkazayotgan shaxslar o'lchash texnikasini mukammal ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.65 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.65 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc