Odam organizmi o'sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va bosqichlari Reja: Odam organizmi o'sishi va rivojlanishi Ontogenezning eng muhim davri Odam organizmi tuxum hujayra urug'lanishidan to o'lgunicha juda murakkab o'sish va rivojlanish jarayonlarini kechadi. Shu davrda sodir bo'ladigan morfologik va funksional o'zgarishlar shaxsiy rivojlanish - ontogenezni tashkil qiladi. Odam ontogenezida to'rtta yirik davr tafovut qilinnadi: ona qornidagi rivojlanish davri (antenatal rivojlanish), bolalik davri, yetuklik davri, qarilik davri (keyingi uchta davr postnatal rivojlanishni tashkil etadi). Rivojlanishning turli davrlarida bo'lgan organizmning tuzilishida, faoliyat ko'rsatishida, o'zgaruvchan muhit sharoitlariga moslashishida, kasalliklarga duchor bo'lishida juda katta farq bor. Shuning uchun hozirgi vaqtda ontogenezning turli davrlarini o'rgatadigan maxsus fanlar o'qitiladi. Organizmning ona qornida rivojlanish davrini embriologiya o'rganadi. Bola organizmining fiziologik xususiyatlarini va kasalliklarni o'rganish pediatriyaning vazifasi. Gerontologiya va geriatriya qariyalar fiziologiyasi va patologiyasi bilan shug'ullanadi. Ontogenezning eng muhim davri - bolalik davri bo'lib, unga organizmning tez o'sishi va rivojlanishi xosdir. O'sish juda ko'p metabolik jarayonlar, yani hujayralar ko'payishi, ularning kattalashishi, shakllanishi, moddalarning zahiralarda to'planishi natijasidir. Ammo bola organizmining o'sishi va rivojlanishi faqat hajmning ortishi, yani miqdoriy o'zgarish emas. Uning natijasida butun bir organizm va a'zolarning faoliyat ko'rsatishida sifat o'zgarishlar ham kuzatiladi. O'sish va rivojlanishni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Ammo bu tushunchalar o'rtasida farq bor. O'sish deganda tashqaridan kiruvchi moddalar hisobiga organizmda yangi birikmalar hosil bo'lishi natijasida to'qima va a'zolar hajmining miqdoriy ko'payishi ko'zda tutiladi. Rivojlanish azo va to'qimalarning etilishi, ular faoliyatining mukammallashishi, yangi faoliyatlarning paydo bo'lishi sifat o'zgarishlardir. O'sish va rivojlanishning bir nechta qonuniyatlari mavjud. Ulardan asosiylari: 1) o'sish va rivojlanish tezligining notekisligi; 2) ayrim azo va to'qimalar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc