Odam va uning salomatligi laboratoriya mashg'ulotlari. O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

Odam va uning salomatligi laboratoriya mashg'ulotlari. O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Odam va uning salomatligi laboratoriya mashg'ulotlari. O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Odam va uning salomatligi laboratoriya mashg'ulotlari. o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo'llari Reja: Laboratoriya mashg'ulotining boishi Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalarning tuzilishi Laboratoriya mashg'ulotining boishi: 1. Тashkiliy qism. 2. Тalabalarni laboratoriya mashg'ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o'quv topshiriqlari bilan tanishtirish. 3. 1-laboratoriya mashg'uloti. «Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to'qimalarning tuzilishi» mavzusi bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg'ulotining mazmuni va metodikasi bilan tanishish; 4. «Odam va uning salomatligi» bo'yicha o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo'llari bilan tanishish; 5. Laboratoriya mashg'ulotini yakunlash. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun mo'ljallangan «Odam va uning salomatligi» o'quv fani bo'yicha yangi tahrirdagi o'quv dasturida berilgan mazmunni darslar davomida o'quvchilar ongiga singdirish bilan bir qatorda quyidagi laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish, o'quvchilarda muayyan ko'nikmalarni tarkib toptirish ko'zda tutilgan: O'qituvchi laboratoriya mashg'ulotlarining ta'lim-tarbiya jarayonida tutgan o'rni, uning maqsadi, mazmuni, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari, ular bajaradigan ishlar, o'quvchilarda tarkib toptiriladigan ko'nikmalarni, ko'nikmalarni tarkib toptirish bosqichlarini yaxshi bilishi lozim. Ma'lumki, o'quvchilarda ko'nikmalarni tarkib toptirish bosqichlari: ko'nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash, ish usullarini ketma -ket bajarish, ish usullarini takror bajarish, ish usullarini amaliyotga qo'llashni o'z ichiga oladi. O'qituvchi har bir laboratoriya mashg'ulotlarining maqsadi, vazifasi, mazmunini hisobga olgan holda, o'quvchilarda tarkib toptiriladigan ko'nikmalarni aniqlashi lozim. Laboratoriya mashg'ulotlarida mazmun, vosita va metodlarning uyg'unligiga erishish o'qitish jarayoni samaradorligini orttirish omili ekanligini chuqur anglashi zarur. «Odam va uning salomatligi» o'quv fani bo'yicha tashkil etiladigan laboratoriya mashg'ulotlari quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirish: O'quvchilarning darslar davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga qo'llash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, o'zi va o'zgalarning salomatligini asrash, sog'lom turmush tarzi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga