Odam va uning salomatligi

Odam va uning salomatligi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Odam va uning salomatligi - rasmi

Material tavsifi

Odam va uning salomatlig o'quv kursidan yillik Reja: Laboratoriya mashg'ulotini yakunlash Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va ko'nikmalarni o'quvchilar tomonidan mustahkam o'zlashtirishlari uchun o'qituvchi ko'rgazma vositalari va o'qitish metodlari. Laboratoriya mashg'ulotini yakunlash Umumiy o'rta ta'lim maktablarida Odam va uning salomatligini o'qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o'quv fani yuzasidan asosiy o'quv materiali o'rganiladi, lekin dars o'qitishning boshqa shakllari bo'lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog'liq. Darsdan tashqari ishlar masalan, uyda va tirik tabiat burchagida olib borilgan kuzatishlar va o'tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari kengaytiriladi, mustahkamlanadi va bu bilimlardan darsda o'rganilayotgan mavzu mazmuniga bog'liq holda foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning Odam va uning salomatligi o'quv fanidan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, kengaytirish, rivojlantirish, kasbga ongli ravishda yo'llashga xizmat qiladi. Demak, Odam va uning salomatligini o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya'ni o'qitishga tizimli yondashuvni amalga oshirilishi lozim. O'qituvchi ushbu mashg'ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish asnosida samaradorlikka erishish, o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, umumiy biologik va xususiy tushunchalar hamda o'quv-amaliy ko'nikmalarni izchil ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr yuritishga o'rgatishni nazarda tutadi. Odam va uning salomatligini o'qitishda tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quv yili boshida istiqbol taqvim-reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o'qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o'quv dasturidan o'rin olgan boblar va mavzular bo'yicha darslar tizimi, o'quv yilidagi choraklar va ta'tillar hisobga olingan holda o'tkazish muddatlari, fanlararo bog'lanishlar, ekskursiyalar, darsdan tashqari ishlar aks etadi. Biologiya o'qituvchisi istiqbol taqvim-reja tuzishi uchun: O'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.29 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.29 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga