Odamda uchraydigan yuqumli kasalliklar

Odamda uchraydigan yuqumli kasalliklar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Odamda uchraydigan yuqumli kasalliklar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Odamda uchraydigan Yuqumli kasalliklari Mavzusida tayyorlagan taqdimoti 1.Odamda uchraydigan yuqumli kasalliklar va ularning turlari. 2.Odamda ko'p uchraydigan yuqumli kasalliklar 3.Yuqumli kasalliklarni oldini olish chora tadbirlari Yuqumli kasalliklar qadim zamonlarda ham uchragan. Chinchechak, o'lat, vabo va boshqa xatarli, yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab kishilarning yostig'ini qurutgan, jamiyatga ko'p haloqat yetkazgan. Yuqumli kasalliklarning mohiyati ularning kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan. Abu Ali Ibn Sino «Al qonun» asarida o'lat, chinchechak, qizamiq va boshqa yuqumli kasalliklarni ko'zga ko'rinmaydigan jonivorlar qo'zg'atsa kerak deb gumon qiladi. hozirgi kunga qadar yer yuzida ma'lum bo'lgan va o'rganib chiqilgan yuqumli kasalliklarning soni 1060 dan ortiq. Shularning ba'zilari hali ham vaqti-vaqti bilan epidemiya, hattoki pandemiya shaklida keng tarqalib turadi. 1.Odamda uchraydigan yuqumli kasalliklar va ularning turlari. Yuqumli kasalliklar aslida lotincha infecio so'zidan olingan bo'lib, ifloslanish degan manoni bildiradi. Inson organizmi (makroorganizm) bilan kasallik qo'zg'atuvchi mikrob (mikroorganizm)ning malum sharoitda o'zaro ta'siri oqibatida yuzaga keladigan o'zgarishlar infeksion jarayon deb ataladi. Bu jarayon kasallik alomatlari ko'rinishida namayon bo'lsa yuqumli kasallik deb yuritiladi. Yuqumli kasalliklarning o'ziga xos xususiyatlari: Yuqumli kasallikni tirik patogen mikrob qo'zg'atadi. Bemor o'z navbatida kasallik manbai bo'ladi va uni boshqa -larga yuqtirishi mumkin. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o'tsa, uning organizmida o'sha kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi va shu kasallikning qaytadan yuqishiga qarshilik ko'rsatadi. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan, ya'ni siklik tarzda rivojlanadi va so'nadi. Yuqumli kasalliklar infeksiya manbaiga qarab avvalo ikki guruhga bo'linadi: Antropozoonozlar-bu kasalliklar hayvonlarda va odamlarda uchraydi. Odamlarga infeksiya hayvonlardan yuqadi Antroponozlar-bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi va ular bilan hayvonlar kasallanmaydi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga