Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishi to'grisida

Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishi to'grisida

O'quvchilarga / Tibbiyot
Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishi to'grisida - rasmi

Material tavsifi

ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI BILAN KASALLANISHI TO'GRISIDA OIV infektsiyasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar 1981 yilda paydo bo'lgan edi va bu kasallik dastlab OITS (Orttirilgan immun tanqisligi sindromi) deb atalgan AQSHning Los-Anjeles shahridagi shifoxonalarga qisqa muddat ichida pnevmotsistali zotiljam va sarkoma kposhi bilan kasallangan 25-35 yoshlardagi bir necha bemor qabul qilingan (pnevmotsistali zotiljam o'pkani zararlovchi og'ir kasallik bo'lib, asosan uzoq davom etuvchi surunkali kasallik ta'sirida kuchsizlangan katta yoshli odamlarda yoki chala tug'ilgan va turli dori vositalari bilan davolanayotgan zaif go'daklarda uchraydi. Sarkoma kposhi o'sma kasalligi bo'lib, asosan 60 yoshdan oshgan erkaklarda birinchi marta aniqlanadi). Tekshiruvlar natijasida bu bemorlar asosan tomiriga giyohvand moddalarni qabul qilishi va besoqolbozlik bilan shug'ullanishi ma'lum bo'lgan. Ayni navqiron yoshdagi yigitlarning nima uchun bunday kasalliklarga chalinishini, ushbu kasalliklar rivojlanishining bemorlar hayot tarzi bilan bog'liqligini aniqlash uchun Amerika olimlari tomonidan chuqur izlanishlar olib borilgan. Shu kabi izlanishlar fransuz olimlari tomonidan ham amalga oshirilgan. Izlanishlar natijasida ushbu holatni, ya'ni og'ir kasalliklarga chalinuvchanlik yoki immunitet zaifligini birgina mikroorganizm - virus keltirib chiqarishi aniqlandi. Bu virusning odam organizmiga kirgach, turli yot moddalardan himoya qilish uchun kurashuvchi immun tizimiga tegishli qon hujayralarini zararlashi, ushbu virusning doimo ko'payib borishi va ko'payish jarayonida muntazam o'zgarib turishi hamda uning yana boshqa ko'plab xossalari aniqlandi 1983 yildan bu virusni Odam Immuntanqisligi Virusi (Human Immunodeficience Virus) deb, ushbu virus keltirib chiqaradigan kasallikni - OITS infektsiyasi deb atay boshlandi. OIV-infektsiyasi odam organizmidagi immun - himoya tizimiga mansub bo'lgan hujayralarni zararlaydi. Bu hujayralar odam organizmiga tashqi muhitdan tushgan yot moddalarni tanib olib, ularni yo'q qilish vazifasini bajaradi. OIV-infektsiyasi aynan ushbu immun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 472.38 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 472.38 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga