Odamning mushak sistemasi haqida umumiy ma'lumot Reja: 1 Mushaklar haqidagi umumiy ma'lumot. 2.Mushaklar tuzilishi va shakli. 3. Mushaklar harakati. 4. Tashqi skelet mushaklari, ularning vazifalari. 1 Mushaklar haqidagi umumiy ma'lumot Odamning tanasi skeletgagina emas, balki mushaklar sistemasiga va semizlikka, ya'ni yog' qatlamlarining hajmiga ham bog'liq. Odam tanasida yuzlab mushaklar mavjud. Bularning ko'pchiligi juft mushaklardir.Mushaklarning umumiy massasi, butun tana umumiy massasini 36-42%ini tashkil qiladi. chaqaloqning umumiy mushaklar massasi esa umumiy massaning 22%ini tashkil qiladi. Mushaklarning turlari: 1) Ko'ndalang chiziqli; 2) Silliq. Ko'ndalang chiziqli mushaklar ipsimon tolalardan tuzilgan. Bu mushaklarni mikroskopda ko'rganda xuddi ko'ndalang chiziqlar bilan chizilganga o'xshaydi. Shuning uchun bu mushakni ko'ndalang chiziqli mushak deb ataydilar. Bu mushaklar skeletning tashqi tomonini qoplagani uchun ularni skelet mushaklari deymiz. Silliq mushaklar urchuqsimon shaklga ega bo'lgan hujayrasimon hujayralardan iboratdir. Biri ustiga joylashgan bo'lib, ikkinchisi ichki organlar, oshqozon, ichak, qon tomirlari va hoka'zolar devorlarini hosil qiladi. Skelet mushaklari mustaqil harakat qiladigan mushaklardir. Ularning harakati bizning irodamizga bog'liq. Silliq mushaklar haddan tashqari qon tomirlar va nervlar bilan ta'minlangan. Ularning biri harakatchan (bosh miya qobig'idan ularga impulslar yuboriladi). Ikkinchisi - sezgir (undan bosh miya qobig'i tomon impulslar o'tadi). Har bir mushak paylar bilan boshlanib, paylar bilan tugaydi. Ular yordamida mushaklar skeletga, bo'g'imga yoki tana terisiga yopishadi. Har bir mushak yupqa parda bilan qoplangan. Bu esa mushaklarning bir-biriga ishqalanishidan saqlaydi. 2.Mushaklar tuzilishi va shakli. Mushaklar tuzilishiga qarab quyidagicha bo'lishi mumkin: 1) Uzun (odamning oyoq-qo'llarida joylashgan); 2) Kalta (barmoq bug'inlari orasida, umurtqa pog'onalari orasida); 3) Yumaloq (odam yuzida, og'zi va ko'z atrofida); 4) Keng (tana oldi, orqasi). Mushaklar qaerda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
146.53 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
146.53 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:10 ]
Arxiv ichida: doc