Oddiy haydash Reja 1. Oddii haydash jarayoni. a) Suv bug'i bilan haydash. b) Rektifikatsiya prinsipi. Oddii haydash jarayoni Suyuq aralashmalarni bir marta qisman bug'latish yo'li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb ataladi. Oddiy haydash jarayoni aralashma komponentlarining uchuvchanliklari o'rtasidagi farq ancha katta bo'lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish uchun hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo'shimchalardan tozalash uchun oddii haydash usulidan foydalaniladi. Oddiy haydash quyidagi usullarga bo'linadi: 1) fraksiyali haydash; 2) deflegmatsiya bilan haydash; 3) suv bug'i bilan haydash. Fraksiyali haydash. Suyuqliklarni fraksiyali haydash davri» yoki uzluksiz usullarda olib boriladi. Haydash kubidagi suyuqlik asta-sekin bug'latiladi. Hosil bo'lgan bug'lar kondensatorga yuboriladi. Agar haydash jarayoni davriy ravishda olib borilsa, u holda vaqt o'tishi bilan qoldiq suyuqlikdagi yengil uchuvchan komponentning miqdori va natijada, distillyatning tarkibidagi yengil uchuvchan komponentning miqdori ham kamaya boradi. Shu sababli har xil tarkibli distillyatning fraksiyalari ajratib olinadi. har xil tarkibli mahsulot olishga mo'ljallangan suyuqliklarni ajratish usuli fraksiyali haydash deb ataladi. - rasmda fraksiyali xaydash uchun davriy ishlaydigan qurilmaning sxemasi ko'rsatilgan. Dastlabki aralashmaning malum miqdori haydash kubiga solinadi. Haydash kubining ichiga zmeevik joylashtirilgan bo'lib, u orqali suv bug'i o'tadi. Suyuqlik qaynash temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo'lgan bug'lar kondensator sovitkichga yuboriladi. Distillyat fraksiyalari tegishli idishlarga tushadi. Haydash jarayoni tamom bo'lgandai so'ng, qoldiq suyuqlik haydash kubidan tushirib olinadi. So'ngra sikl qayta takrorlanib, ajratilishi lozim bo'lgan suyuqlik haydash kubiga yana beriladi. Oddiy haydash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida olib borilishi mumkin. Vakuumni qo'llash natijasida issiqlikka chidamsiz aralashmalarni ajratish imkoni tuHiladi. Vakuum qo'llanilganda eritmalarning qaynash temperaturasi pasayadi, shu sababli haydash kubini isitishda past ko'rsatkichli suv bug'laridan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.01 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.01 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:11 ]
Arxiv ichida: doc