Og'iz bo'shlig'i a'zolarining taraqqiyoti va tuzilishi

Og'iz bo'shlig'i a'zolarining taraqqiyoti va tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Og'iz bo'shlig'i a'zolarining taraqqiyoti va tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Og'iz bo'shlig'i a'zolarining taraqqiyoti va tuzilishi Reja: Og'iz chuqurchasi va jabra apparatining shakllanishi. Tilning taraqqiyoti. Og'iz chuqurchasi va jabra apparatining shakllanishi. Ichak nayining kranial qismi ektoderma bilan qoplanadi, keyinchalik ushbu ektoderma birlamchi ichakka botib, og'iz chuqurchasini hosil qiladi. Og'iz pardasi birlamchi og'iz bo'shlig'ining hosilasidir. Birlamchi yutqin sohasida mezenхimadan 4 ta jabra cho'ntaklari, ular orasida esa - jabra ravoqlari (JR) hosil bo'ladi. JR tashqaridan bir biridan ektoderma botiqliklari - jabra yoriqlari bilan ajralgan. Birinchi, ikkinchi va uchinchi JR yuz, og'iz bo'shlig'i, til taraqqiyotida ishtirok etadilar. Yuz taraqqiyotining I bosqichi: mezenхimadan epidermis bilan qoplangan do'ngliklarning hosil bo'lishi. Birinchi JR dan - maksillyar va mandibulyar o'simtalar hosil bo'ladi, ular og'iz bo'shlig'ining kirish qismini chegaralaydi. Peshona o'simtasi - maksillyar o'simtalar orasida hosil bo'ladi, uning lateral qismidagi chuqurchalar hid bilish chuqurchalarini hosil qiladi, natijada peshona o'simtasini medial va lateral burun o'simtalariga ajratadi. Keyinchalik maksillyar o'simtalar o'zaro va medial va lateral burun o'simtalari bilan birlashib ketadi. Yuz taraqqiyotining II bosqichi: Ko'z kurtaklarining, birinchi va ikkinchi JR ning mezodermasidan chaynov va mimika mushaklarining hosil bo'lishi, ya'ni yuzning tashqi qiyofasi shakklanadi. Yuqori va pastki jag'larning taraqqiyoti. Yuqorigi jag' va yuqorigi lablarning hosil bo'lishi. Yuqori jag'ning va labning o'rta qismi - medial burun o'simtasidan hosil bo'ladi. Maksillyar o'simtalarning medial qismi va lateral burun o'simtalari o'rtasida Ko'z yosh kanali shakllanadi. Pastki jag' va pastki lablarning hosil bo'lishi. Mandibulyar o'simtalarning qo'shilishidan shakllanadi. Mezenхimada jag' bo'ylab gialin tog'aydan iborat plastinka (Mekkelev tog'ai) hosil bo'ladi, lekin u o'rta chiziq bo'ylab qo'shilmaydi. 7- haftasida tog'ay yuzasida mezenхimadan suyak to'qimasi rivojlana boshlaydi. Keyinchalik tish kurtaklari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.9 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.9 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga