Og'iz bo'shlig'i a'zolarining tuzilishi

Og'iz bo'shlig'i a'zolarining tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Og'iz bo'shlig'i a'zolarining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Og'iz bo'shlig'i a'zolarining tuzilishi Reja: Milk tuzilishi Qattiq tanglay tuzilishi Yumshoq tanglay tuzilishi Og'iz bo'shlig'i ko'p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy bilan qoplangan. Bu epiteliy joylashish o'rniga ko'ra qisman, yoki to'liq muguzlanish alomatini namoyon qiladi. Epiteliy hujayralarining differensialanishi, keratinizatsiyasi va ostidagi biriktiruvchi to'qima bilan bog'liqligi epidermisga o'хshash. Epidermis singari og'iz bo'shlig'i epiteliy qavatining ustki hujayralari yassi bo'lib, ular fiziologik regeneratsiya davomida almashinib turadi. Epileyning muguzlanishga uchragan qavati chaynash paytida shilliq pardani meхanik ta'sirotlardan himoya qilib turadi. Bunday epiteliy ko'proq og'iz bo'shlig'ining chaynash yuzalarida uchraydi, ya'ni milklarda va qattiq tanglayda. Ushbu sohalar shilliq pardasining хususiy plastinkasi to'g'ridan-to'g'ri suyak usti pardasiga o'tib ketadi. Muguzlanmaydigan epiteliy esa yumshoq tanglayda, lunjlarda, tilning ventral yuzasida, yutqinning og'iz qismida uchraydi. Shilliq osti qavati qalin bo'lib, o'zida ko'pgina mayda so'lak bezlari va diffuz limfoid to'qima tutadi. So'lak bezlari doimo shilliq sekret ishlab og'iz bo'shlig'ini namlab turishda ishtirok etadi. Lablar asosini ko'ndalang-targ'il mushak tolalari tashkil qiladi. Ular so'zlarni talaffuz qilish, ovqatni yutish, chaynash kabi jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Lab uchta yuzaga ega. Ichki shilliq yuzasi qalin muguzlanmaydigan epiteliy va ko'p sonli so'lak bezlariga ega. Har bir labning qizil sohasi juda yupqa ko'p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy bilan qoplangan va og'izning shilliq qavati hamda teri orasida oraliq soha bo'ladi. Bu soha so'lak va yog' bezlaridan holi va til orqali namlanadi. Bu soha ostidagi biriktiruvchi to'qima sezuvchi nervlarga va labni bo'yalishini ta'minlovchi kapillyarlarga boy. Kichik obektiv ostida ko'p qavatli yassi qalin epiteliy ko'rinadi, unga хususiy plastinka botib kirgan va so'rg'ichlar hosil qilgan (5-rasm). Undan so'ng shilliq osti parda joylashgan, unda ko'p miqdorda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 264.54 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 264.54 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga