Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatinng kasalliklari Reja: Og'iz bo'shlig'i shilliq qavat (OBSHQ) kasalliklari. Profilaktikasi. O'tkir gerpetik stomatitlar (QGS). Og'iz bo'shlig'i shilliq qavat (OBSHQ) kasalliklari. «Stomatit - og'iz bo'shlig'i shilliq qavati yallig'lanishi bo'lib, etiologiyasi va klinik kechishi bo'yicha turli xildagi shilliq qavat kasalliklarini o'z ichiga oladi. Inson og'iz bo'shlig'i shilliq qavati hayoti davomida ovqat hazm bo'lishi tizimining boshlang'ich sohasi sifatida doimo omillarga ta'sirchan bo'ladi, hamda og'iz bo'shlig'ida umum organizmning fiziologik va patologik jarayonlarini o'zida aks ettiruvchi organ sifatida namoyon bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavat kasalliklarini etiologiyasi, patogenezini tushunish uchun, hamda davolash samaradorligini oshirish uchun bolalar stomatologiyasida og'iz bo'shlig'i shilliq qavatiga ta'sir qiluvchi umumiy va mahalliy ta'sirotlarning xilma-xilligini hisobga olish, aniq anamnez yig'ilishi pediatrlar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda bemorlarda atroflicha klinik tekshirish o'tkazish zarurligi muhimdir. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavat (OBSHQ) kasalliklarini etiologik belgilariga asosan klassifikatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. OBSHQ kasalliklar klassifikatsiyasi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati shikastlanishi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati infeksion kasalliklarda yallig'lanishi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining spetsifik infeksiya natijasida yalig'lanishi. Allergiya natijasida shilliq qavatining yallig'lanishi. Dori moddalarini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan stomatitlar. Organizm turli xil umum somatik kasalliklarida og'iz bo'shlig'idagi yallig' o'zgarishlar. Til va lab shilliq qavat kasalliklari. Termik ta'sirotlarga yuqori haroratli ta'sirotlar oqibatidagi kuyish, mexanik ta'sirotlarga shilliq pardaning shikastlanishi (Bernar aftasi), kimyoviy ta'sirotlarga esa, kislota yoki kuchli ishqorlar ta'siridagi kuyish kabilar misol bo'la oladi. Turli mikrob va viruslar ta'sirida og'iz shilliq pardasida turlicha klinik ko'rinishga ega bo'lgan stomatitlar kelib chiqishi mumkin. Ba'zi allergik holatlarda og'iz bo'shligi shillik qavatida o'ziga xos o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. Bunga Kvinke shishlari, allergik stomatit, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.16 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:12 ]
Arxiv ichida: docx