Oila tibbiyoti hamshirasining oilada go'daklar bilan ishlash tartibi Reja: 1.Birlamchi tibbiyot tizimida patronaj xizmati 2.Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish. 3.Ona ko'krak suti bilan boqishning ahamiyati. 4.Bolalarni ovqatlantirishda qo'shimcha ovqatlarni kiritish. 5.Ona ko'krak suti bilan boqishda kuzatiladigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilishda qo'llaniladigan usullar. 6. Bolalarni ovqatlantirish haqida tushuncha berish Rastional ovqatlanish - bu to'g'ri ovqatlanishining turi hisoblanadi. Bunda istemol qilinadigan mahsulotlar to'laqonli, turli mahsulotlar, vitaminmikroelementlarga boy mahsulotlarni istemol qilish hisoblanadi. Distrofiya (oqsilenergetik yetishmovchilik) - bolaning to'g'ri jismoniy rivojlanishiningbuzilishiga olib keluvchi oziqlanishning va to'qima trofikasining surunkali buzilishi. Iqtisodiy qiyinchilik yillarida distrofiya turli yoshdagi bolalarda rivojlanishi mumkin, lekin asosan 3-yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq kasallanadi. Kasallik moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi, immunitetning pasayishi, jismoniy, ruhiy-motor, keyinchalik intellektual rivojlanishning buzilishi bilan kechadi. Gipotrofiya - distrofiyaning eng ko'p tarqalgan turi hisoblanadi. Kelib chiqish vaqtiga ko'ra gipotrofiya uch turga bo'linadi: Prenatal - bola tug'ilganga qadar rivojlanadi Postnatal - bola tug'ilgandan keyin yuzaga chiqadi Aralash - homila ichi va homiladorlikdan tashqari davrda bola organizmiga ta'sir qiladigan sabablar tufayli shakllanadi. Distrofiya sabablari: Homila ichi (prenatal) distrofiyasi, homilaning to'g'ri rivojlanishini buzadigan turli xil omillar va noqulay sharoit bilan bog'liq. Homiladorlikning erta (20-yoshgacha) yoki katta yoshda (40-yoshdan keyin) rivojlanishi; Homiladorlik davridagi yuqumli va somatik kasalliklar; Homiladorlik davridagi gestozlar; Noqulay sostial sharoit, stress holatlar, norastional ovqatlanish va zararli odatlar; Ota-onadagi kasbiy zararlik; Yo'ldosh patologiyasi (ko'p hollarda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni iste'sno etilgandan keyin, bolada prenatal distrofiya tashxislanadi). Homila tashqarisidagi (postnatal) distrofiya ikkilamchi distrofiyani chaqiruvchi ekzogen va endogen omillar ta'sirida rivojlanadi. Postnatal distrofiyaning asosiy ekzogen omillari: Alimentar: ovqatlanish soni yoki sifatining buzilishi, mikroelementlar tanqisligi (rux, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.04 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.04 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:12 ]
Arxiv ichida: docx