OITS va uning tarqalishi Reja: OITS to'g'risida tushuncha OITS ning tarqalishi OITS profilaktikasi OITS diagnostikasi OITS Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi OITS nima? OITS-«Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi» bo'lib, odam organizmida immunitet (himoya kuchlarining) yo'qolishi bilan kechuvchi xavfli yuqumli kasallikdir. OITS - OIV infeksiyasining oxirgi (terminal) bosqichi. OITS tarixi Dunyo olimlarining fikriga ko'ra,OITS dastlab Afrika qit'asidan kelib chiqqan bo'lib, kasallikni qo'zg'atuvchi virus ushbu qit'ada yashovchi maymunlardan odamlarga yuqqan va dunyo bo'ylab tarqalgan. OITS to'g'risidagi ilk ma'lumotlar 1981 yillarda AQSHda paydo bo'ldi. Kasallik birinchi marotaba besoqolboz erkaklar o'rtasida immunitetni keskin pasayib ketishi natijasida yuzaga kelgan xavfli o'sma kasalligi tufayli aniqlandi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi virusni esa 1983-yili OITS bilan kasallangan bemorlardan bir-biridan mustaqil ravishda ikki olim: AQSHda Robert Gallo va Fransiyada Lyuk Montan'elar ajratib oladilar. Bir yildan so'ng bu kasallik Yevropava dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qayd qilingan. Hozir OITS deyarli barcha davlatlarda tarqalganligi uchun u «XX asr vabosi» deb ham ataladi. 1988 yil- BMT tomonidan 1dekabr -xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni deb e'lon qilindi. 1989 yilda aholini va barcha donorlik qonlarini ommaviy majburiy ko'rikdan o'tkazilganligiga qaramasdan, Elista va Rossiyaning janubidagi boshqa shaharlarda deyarli 250 bolaga immunitet taqchilligi virusi yuqqanligi ma'lum bo'ldi. 1996 yil-OITS bo'yicha Vankuverda o'tgan xalqaro konferensiyada OITSga qarshi yangi dori vositalari yaratilgani ma'lum qilindi. 2001 yil- BMT Bosh assambleyasi OITSga qarshi Global inqiroz-global harakat dasturini e'lon qildi. OITS qanday yuqadi? OITS kasalligining yuqish yo'llari juda xilma-xil. Virus bemor odam organizmidagi hamma biologik suyuqliklar - qon, sperma, qin ajratmasi va ko'krak sutida uchraydi. Shuni ham ta'kidlash zarurki, u so'lak, ko'z yoshi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
845.64 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
845.64 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:12 ]
Arxiv ichida: pptx