Oits (spid) Reja: OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OITSning yaqqol ko'zga tashlanadigan simptomlari OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) limfotrop viruslar qo'zg'atadigan va organizmda immunitet yetishmay qolishi oqibatida har xil kasalliklar paydo bo'lishi, xatarli o'smalar rivojlanishi bilan ta'riflanadigan xavfli yuqumli kasallikdir. Bu qo'rqinchli kasallikda odam organizmi o'zining himoya vositalaridan mahrum bo'ladi va u har xil kasalliklarga chalinaverib, nihoyat o'lib ketadi. Oxirgi yillar davomida OITS butun Yer yuzida hammaning diqqatini jalb qilmoqda. OITS yil sayin tarqalib, ko'payib bormoqda. Uni XX asr vabosi deb ham atashmoqda. U hech narsa bilan hisoblashmay, keng quloch yozib, tarqalib bormoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra (1992- yil iyun oyi), Yer yuzida OITS 10-12 million kishiga yuqqanligi qayt qilingan. Ulardan 500 mingi bolalar. 1998-yilda OITS dan 2,7 million bola halok bo'ldi. 200- yilda Rossiyada OITS bilan kasallanganlar soni 100 minga yetdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, XXI asrning boshlarida Yer yuzida OITS yuqqan odamlarning soni 40 milliondan ko'paydi. Tarixiy ma'lumotlar. 1981- yili AQSHda 5 ta yosh yigit pnevmoniya bilan kasallangani va tegishli antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan hech tuzalmagani shifokorlar diqqatini jalb qiladi. Tekshirishlar natijasida bemorlarning hammasi gomoseksualist ekani, ulardan pnevmoniyani Pneumocystis carini qo'zg'atganligi va ularning hammasida immunitet so'nganligi, ya'ni yetishmaydigan bo'lib qolganligi aniqlandi. Ko'p o'tmay shunga o'xshash bemorlardan yana 26 tasi ma'lum bo'lgan. Ularning bir qismida pnevmoniyadan tashqari Kaposhi sarkomasi ham aniqlanadi. O'sha vaqtgacha Kaposhi sarkomasi keksaroq kishilarda uchrashi ma'lum edi. Pneumocystis carini saprofit sifatida sog'lom odamlar alveolalarida yashashi ham ma'lum edi. 1981- yil AQSH olimlari M.Gottlib, G.Mazur va F.Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan bu kasallik shu vaqtgacha noma'lum bo'lgan va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:12 ]
Arxiv ichida: docx