OIV Infeksiyasi va OITS ning oldini olish

OIV Infeksiyasi va OITS ning oldini olish

O'quvchilarga / Tibbiyot
OIV Infeksiyasi va OITS ning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

OIV infeksiyasi va OITS ning oldini olish reja: 1. OITSOIV. 2. OIV ning yuqish yo'llari. 3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari. 4. OIV infeksiyasi va OITS ning yashirin (inkubatsion) davri. 5. O'zbekiston Respublikasida OIVOITS ni aniqlash bo'yicha tibbiy tekshiruvdan o'tkazish va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatishning sanitariya qoidalari va me'yorlari. OIV - оdam immuntanqislik virusi; OIV yuqtirganlar - odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar; OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o'ta xavfli yuqumli kasallik; OITS - Odam immunitet tanqislik sindromi, OIV infeksiyasining terminal (og'irlashgan) davri. OIV infeksiyasi kasalligi va OITS keyingi 30 yil davomida jahonning barcha mamlakatlari aholisi o'rtasida tarqalib, yildan-yilga to'xtovsiz ko'payib, millionlab odamlar sog'lig'i va umriga zomin bo'lmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, 2008 yil oxirida yer yuzida OIV infeksiyasi, OITS bilan kasallangan odamlar soni 30 milliondan oshgan.Ularning ko'p qismi Afrika, Amerika qit'asiga, Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasi dunyodagi OIVOITS eng kam tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shunday bo'lsada, bu bedavo dard bilan xastalanganlar soni ko'payishining oldini olish uchun mamlakatimiz hukumati xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida, OIVOITS tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko'lamli chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda. Buning boisi shundaki, dunyo mamlakatlarida OIV ni o'ziga yuqtirganlar va OITS bilan kasallanib, hayotdan ko'z yumayotganlar soni to'xtovsiz ko'payib borayotgani, bizning mamlakatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligiga ham xavf-xatar solayapti. Chunki, respublikamiz jahonning ko'plab mamlakatlari bilan chambarchas aloqada. Hamyurtlarimiz xorijga borib-kelishayapti, xorijliklar yurtimizga kelib ketayapti. Shuning uchun, doim-hushyor, ogoh bo'lishimiz lozim. Bu masalada beparvolik, e'tiborsizlik, mas'uliyatsizlikka aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. OIV - odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.42 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga