Oliy asab faoliyati fiziologiyasi Reja: Oliy asab. Shartsiz reflekslar. Instinktlar. Oliy asab. Oliy asab faoliyati fiziologiyasi haqidagi ta'limotga nazar tashlasak, uning ildizlari qadimgi yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Aristotel kabilarning dunyoqarashlariga borib taqaladi. I.P.Pavlov yaratgan OAF fiziologiyasi esa, bir qator eksperimental-psixologik yo'nalishlardan farqli ravishda, o'z oldiga odam va hayvonlar bosh miyasi ishining ichki mexanizmlarini aniqlashni maqsad qilib qo'ygan. Zamonaviy tadqiqotchilar miya funksiyalarni o'rganishning obyektiv usulini, ya'ni shartli reflekslar usulini qabul qilishgan bo'lib, o'rganish, xotira, hissiyotlar, fikrlash, ong, mijoz, xulqatvor, uyqu, tush ko'rish va gipnoz kabilarning tabiati va ichki mexanizmlarini hamda bunda miyaning alohida strukturalarini rolini tushunishga intilmoqdalar. Shu maqsadda ular miyaning chuqur qaklamlarini, ya'ni uning yuksak funksiyalarini molekulyar, hujayra va subhujayra asosida o'rganmoqdalar. Elektrofiziologik va neyrokimyoviy usullar, elektron mikroskoplar va kompyuterlar asosidagi boshqa texnikalar, miya funksiyalarini o'rganishda, miya ichidagi jarayonlarni tushunish imkoniyatlarini bermoqda. Albatta, bunda klassik fiziologiya yutuqlari inkor etilmasdan, balki aniqroq tushuntirilmoqda va butun miya faoliyatini tadqiqot qilishda asos bo'lib kelmoqda. OAF ma'lum bir darajada asab tizimi rivojlangan barcha hayvonlarga xos bo'lib, xulq - atvorning neyrofiziologik asosi hisoblanadi va o'z ichiga miyaning markaziy mexanizmlarini olgan, tarkibiy asosi katta yarim sharlar po'stlog'idir. Hozirgi vaqtda hayvonlarning xulq - atvori OAF fiziologiyasi bilan birgalikda zoopsixologiya, ijtimoiy biologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo, biofizika, etologiya kabi fanlarning o'rganish predmeti hisoblanadi. Ayniqsa unumlisi fiziologiya va etologiya fanlarining ittifoqidir. Etologiya (yunonchadan ethos - xarakter, xulq) - hayvonlar xulq - atvorini namoyon bo'lishi va evolyutsiyasini ularning tabiiy yashash muhitida o'rganadigan fan. OAF fiziologiyasi esa, asosan hayvonlarni individual o'rganish bilan birga, xulq - atvor reaksiyalari asosida yotgan neyrofiziologik reaksiyalarni ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
219.21 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
219.21 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:15 ]
Arxiv ichida: docx