Onalikda hamshiralik parvarishining o'rni va ahamiyati Reja: Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalari va tendentsiyalari. Onalikda hamshiralik parvarishining maqsadi onalikdagi sikl Onalikda hamshiralik parvarishi deganda nima tushuniladi? Bu savolni hal qilishdan avval, bugungi kunda onalikda hamshiralik parvarishiga jamiyatning talablari va ushbu parvarishga muhtojligini chuqur o'rganish kerak. Onalikda hamshiralik parvarishining asosiy obyekti bu - ayol hayo tining turli davrlaridagi ayollardir: farzand tug'ib, uni tarbiyalayotgan ayol, homilador ayol, kelajakda tug'ishni rejalashtirayotgan ayol, tug'ib, bola tar biyalab bo'lgan ayollar va boshqalar. Bu ayollarning asosiy vazifasi sog'lom avlodni yangi avlodga yetkazib berish va ularning oldida insoniyatni rivojlant irish vazifalari turadi. Onalikni ayollar ruhan va jismonan anglashlari kerak. Onalikda hamshiralik parvarishi boshqa bloklar kabi insonning har qanday salomatlik holatida parvarishni ta'minlaydi, ammo, onalik obyekti bo'lib, har xil davridagi ayollar hisoblanadi. Bu ayollar o'z salomatligini va o'z-o'zini parvarish qilish darajasini oshirishi kerak hamda o'z mavqeini egallash huquqiga egalar. Onalikda hamshiralik parvarishining xususiyatlari shundan iboratki, unda ayolning bir o'zi emas, balki oilasi, bolasi bilan birgalikdagi parvarishi ko'rib chiqiladi. Ayol va uning oilasining jamiyatdagi o'rni, oilasining o'sishi va rivojlanishi katta ahamiyatga ega, chunki ular ayol salomatligiga ta'sir etadi. Onalikda hamshiralik parvarishi obyekti ayol va uning oilasi bo'lganligi sababli, ayol salomatligini saqlash va yaxshilash hamda salomatligidagi buzilishlarini oldini olishda, hayot sharoitlarini yaratish jarayonida unga yordam ko'rsatish va uning qobiliyatlarini aniqlash kerak. Onalikda hamshiralik parvarishini boshqa bloklardan farqi quyidagilarda aks etadi: Obyekti ayol bo'lib, u insoniyatning kuchsiz yarmini tashkil qilib, uning insoniy huquqlari ijtimoiy-madaniy tomondan qiyinchilik bilan tan olinadi. Keyingi obyekt - uning bolasi bo'lib, unga ham hamshiralik parvarishini to'liq ko'rsatish lozim. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:16 ]
Arxiv ichida: docx