O'pka va yo'g'on ichak meridianlari tavsifi, qo'llashga ko'rsatmalari. Reja: 1. O'pka va yo'g'on ichak meridianlarining topografiyasi. Uni qo'llashga asoslar. 2. O'pka meridianining asosiy yo'li. 3. O'pka meridianining nuqtalarini qo'llashga asoslar. 4. Yo'g'on ichak meridianining asosiy yo'li. 5. Yo'g'on ichak meridianining nuqtalarini qo'llashga asoslar. I. O'PKALAR MERIDIANI (P) O'pka meridiani tizimiga burun, burun-halqum, traxeya, bronxlar, o'pkalar va teri qoplami kiradi. Meridian juft va simmetrik bo'lib, in tizimiga mansub. Energiya harakati - markazdan qochuvchi. Eng faol davri - soat 03 dan 05 gacha. Energiyani jigar meridianidan olib yo'g'on ichak meridianiga o'tkazadi. Meridianda 11 ta nuqta bor. Meridianning ichki yo'li tananing o'rta qismidan boshlanib, pastga yo'naladi va yo'g'on ichak bilan boo'lanadi. So'ngra yo'l yuqoriga ko'tariladi, oshqozonning kardial qismi va diafragma orqali o'pkaga kiradi, keyin hiqildoqqa o'tadi, so'ngra yelka bo'g'imi sohasiga tushadi va 2-qovurg'aning yuqori qirrasi sohasida tashqariga chiqadi. Tashqi yo'li 1-qovurg'aoralig'ida, ko'krak o'rta chizig'idan 6 sun (s) chetdan chiqadi, yelka bo'g'imiga ko'tarilib, yelka ichki yuzasi va bilakning bilak suyagi tomoni orqali pastga tushadi, bosh barmoq bo'rtig'idan kaft ichi va usti chegarasi bo'ylab o'tadi, bosh barmoq tirnog'iga bilak suyagi tomonida 3 mm yetmay tugaydi. Qo'llashga ko'rsatmalar: yo'tal, harsillash, nafas siqishi, o'pka va yuqori nafas yo'li kasalliklarining boshqa belgilari, yurak-qon tomirlari tizimining dimlanishi, o'mrovning ustki chuqurchasidagi va yelka bo'g'imi sohasidagi og'riqlar, ko'p terlash, isitmalash, teri kasalliklari. Standart nuqtalar: 1. Tonus oshiruvchi nuqta - P-9 (tay-yuan) - proksimal bilak-kaft burmasining bilak suyagi tarafida, bilak arteriyasi pulsatsiyasi va chuqurcha paypaslanadigan nuqta. Sanchish chuqurligi - 0,5 sm, szyu - 3 daqiqa. 2. Tinchlantiruvchi nuqta - P-5 (chi-sze) - ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
527.02 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
527.02 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:54 ]
Arxiv ichida: doc