O'pka yiringli kasalliklari

O'pka yiringli kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'pka yiringli kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

o'pka yiringli kasalliklari Reja: Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Davolash va profilaktika Xulosa . Savollarga javob O'PKA ABSTsYeSSI VA GANGRYeNASI ta'rifI. O'PKA ABSTsYeSSI - o'pka to'qimasining nekrozli va yiringli emirilishi bo'lib, yakka yoki ko'p bo'shliq hosil bo'lishi bilan ifodalanadi. Yiringlash o'chog'i sog'lom to'qimadan chegaralangan yallig'lanish infiltratsiyasi (biriktiruvchi to'qima pardasi) bilan o'ralgan. O'PKA GAGRYeNASI - qo'lansa xidli balg'am ajralishi bilan kechadigan o'pka to'qimasining nobud bo'lishi, chirib emirilishi. Uning sog'lom to'qimadan aniq ajralish chegarasi yo'q (abstsessdan farqi). ETIOLOGIYaSI. Kasallik infeksiya aralashgan har xil moddalarni, yot jismlarni, burun-tomoq suyuqliklarining nafas yo'li orqali bronx va o'pkaga tushishi, o'tkir zotiljamlar, infeksiyali o'pka emboliyasi, ko'krak qafasining shikastlanishi natijasida vujudga keladi. Kasallikni har xil bakteriyalar - streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, fridlender diplokokklari, ichak tayoqchalari, hamda anaerobli mikroorganizmlar chaqiradi. PATOGNYeZI. Infeksiyaning o'pka to'qimasiga kirishining bir qancha yo'llari mavjud. Bronx yoki bronx o'pka yo'li. O'pka va bronxlarga infeksiya aralashgan ovqat parchalari va quruq moddalar tushishi natijasida rivojlanadigan aspiratsionli abstsess alohida o'rin egallaydi. Bunday hodisalar bemor xushini yo'qotganda, narkoz va mast holatlarda yuzaga keladi. Bazi hollarda abstsess bronxning o'pka atelektazi bilan siqilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, bronx o'pka saratonida, aorta anevrizmasida, ko'ks oralig'i o'smalarida. Uchoqli va krupozli zotiljamdan keyingi abstsess alohida o'rinni egallaydi. Bunga sabab o'tkir zotiljamni kech davolash, antibiotik dozasining kamligi, organizmning immun-biologik va reaktivlik xususiyatining pasayishidir. Gematogen yo'li. Bunda abstsess o'pka tomirlarida infeksiyalangan embollarni qon oqimi bilan o'pkaga tushishi natijasida rivojlanadi. Bu holat septikli endokardit, tromboflebit, tug'ruqdan keyingi septikopiemiyada kuza tiladi. Limfa yo'lida qo'shni a'zolarda - jigar, taloq va diafragma osti abstsessida, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.67 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.67 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga