O'pkaning yiringli kasalliklari Reja: O'pka abssessi Bronxoektatik kasallik Plevritlar Quruq plevritlar Ekssudatli plevrit O'pka sili O'pka abssessi yiringlash, o'pka to'qimasida o'choqli nekroz hamda yemirilish va bo'shliqlarning hosil bo'lishi bilan kechadigan og'ir kasallik. Sabablari. Keyingi o'n yillik ichida antibiotik dorilar ta'siriga chidamli bo'lgan floraning paydo bo'lishi o'pka abssessi kelib chiqishida muhim o'rin tutadi. Ko'pincha o'pka abssessi streptokokklar, stafilokokklar, Fridlender tayoqchasi, ichak tayoqchasi, viruslar va bakteriyalar assotsiatsiyasi keltirib chiqargan o'choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi. Sovuq qotish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish kasallik rivojlanishiga sabab bo'luvchi omil hisoblanadi. Patogenezi. O'pkada yiringlash jarayonining rivojlanishi, bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi, o'pka to'qimalarida qon aylanishining yomonlashuvi va nekroz, organizmning kasalliklarga qarshilik ko'rsatishining kamayishi, reinfeksiya o'tkir zotiljamdan so'ng o'pka abssessini keltirib chiqaradi. Klinik belgilari. Kasallikning kechishini ikki bosqichga ajratish mumkin: Infiltratsiya. Yiringlash o'chog'ining bronx yo'liga yorilishi. Infiltratsiya fazasi (I bosqich). O'pka abssessi zotiljamdan keyin rivojlanganda, infiltratsiya bosqichida bemor ahvolining to'satdan yomonlashuvi, tana haroratining ikkinchi marta juda baland 40°C bo'lishi, bemor og'zidan yoqimsiz hid kelishi, kulrang-yashil rangdagi balg'am ko'chishi (200-300 ml yoki 1-1,5 stakan), qattiq terlash, sovuq qotish, azobli yo'tal, ko'krak qafasida og'riq, adinamiya, artralgiya, taxikardiya kuzatiladi. Infiltratsiya fazasida ko'krak qafasi perkussiya qilinganda o'pka tovushining bo'g'iqlashganligi, paypaslab ko'rilganda tovush tebranishining susayishi, auskultatsiyada bronxial nafas, quruq va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. Qon tekshirilganda: leykotsitoz (15 · 109l), ECHT-50-60 mmsoat aniqlanadi, peshob (siydik) da oz miqdorda proteinuriya kuzatiladi. Balg'am ko'chishining birdan ko'payishi (500-700-100 ml gacha), tana haroratining normaga yaqinlashuvi, ko'krak qafasida og'riq, hansirash, qonda leykotsitlar miqdorining kamayishi yiringlash o'chog'ining bronx yo'liga yorilganligidan va bronxlar drenaj funksiyasining tiklanganligidan, kasallik II bosqichga ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:16:22
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.05 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:16 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.05 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:55 ]
Arxiv ichida: docx