Oqsil biosintezi (translyatsiya)

Oqsil biosintezi (translyatsiya)

O'quvchilarga / Tibbiyot
Oqsil biosintezi (translyatsiya) - rasmi

Material tavsifi

oqsil sintezi ingibitorlari. oqsil biosintezi Genetik (biologik) kod. oqsil sintezi ingibitorlari. oqsil biosintezining tibbiyotdagi ahamiyati Bir gen - bir oqsil (bir tsistron - bir polipeptid zanjir) konsepsiyasi malum fermentning sintezlanishini nazorat qiluvchi genning yukligidan kelib chikuvchi nasliy metabolik yetishmovchiliklarni o'rganish natijasida kelib chikadi. Bunday nasliy kasalliklarga: fenilketonuriya, tirozinoz, albinizm va boshqalar kiradi. Bularda genning o'zgarishi metabolik yetishmovchilikka olib keladi. Bir genning mutatsichsi bir spetsifik ferment aktivligining yuqolishiga olib keladi. Bu ma'lumotlar bir gen-bir ferment konsepsiyasini taklif etishag asos buldi. Bunday tekshirishlar mutant viruslar, bakteriyalar, yuqori o'simlik va hayvonlarda o'tkazilgan. hozirgi vaqtda bu konsepsiya bir gen - bir polipeptid zanjir deb uzgartirilgan, chunki ko'p zanjirli oqsillar har xil xromosomalarda joylashgan bir necha genlar nazoratida sintezlanadilar. DNK va polipeptid zanjir kollineardir, yani aminokislota kodlarini DNKda joylashish tartibi aminokislotaning oqsil polipeptid zanjirida joylashish tartibi bilan bir xil bo'ladi. Bu iRNK uchun xam taaluklidir. Genetik xaritaning va aminokislota ketma-ketligining katiy kollinearligi triptofansintetazaning strukturasini o'rganishda aniqlangan. Genetik axborotni o'tkazish 3 bosqichda boradi: 1. Replikatsiya - DNKdan yangi o'xshash DNK nusxasini hosil qilish. 2. Transkriptsiya -DNKdan genetik axborotni mRNKga kuchirilishi. 3. Translyatsiya -mRNKdan axborotni oqsil strukturasiga o'tkazish. Genetik (biologik) kod. Nuklein kislotalar 4 xil turdagi nukleotidlarning ketma-ket joylashishidan, oqsillar esa 20 xil aminokislotaning ketma-ket joylashishidan tuzilgan. Polipeptid zanjirdagi xar bir aminokislota DNK yoki RNKdagi bir yoki bir necha nukleotid yordamida polipeptid zanjirga biriktiriladi. Agar xar bir nukleotid bitta qandaydir aminokislotani biriktirgan bulsa, sistema fakatgina 4 xil aminokislotani biriktira oladi. Agarda bir aminokislotani polipeptid zanjiriga kodlashtirishda 2 xil nukleotid kombinatsiyasi ishtirok etsa, sistema 16 aminokislotani birtiktirishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga