Organizm, tashqi va ichki muhit, gomeostaz

Organizm, tashqi va ichki muhit, gomeostaz

O'quvchilarga / Tibbiyot
Organizm, tashqi va ichki muhit, gomeostaz - rasmi

Material tavsifi

Organizm, tashqi va ichki muhit, gomeostaz Reja: Organizm va tashqi muhit. Ichqi muhit va gomeostaz. Fiziologik funksiyalar (faoliyatlari). Organizm va tashqi muhit. Organizm doimo atrof-muhit sharoitlariga moslashish holatida bo'ladi. Agar organizm kislorod yoki ovqatning yetishmasligiga, karbonat angidridning yoki boshqa ko'pchilik zararli agentlarning ortiqcha miqdoriga adekvat ravishda javob bermas ekan, uning yashashi mumkin bo'lmas edi. Organizm - tirik materiyaning mustaqil hayot kechira oladigan birligi bo'lib, o'z-o'zidan ko'payish va o'z-o'zini yangilash xususiyatiga, tashqi muhit sharoitlarining o'zgarishlariga bir butun sifatida javob berish va o'z-o'zini boshqarish qobiliyatiga egadir. Organizm mustaqil hayot kechiradi, uning hayot faoliyati asosini moddalar almashinuvi tashkil qiladi. Tashqi almashinuv (moddalarni o'zlashtirish va tashqi muhitga chiqarish) va ichki almashinuvi (hujayralarda moddalarning kimyoviy o'zlashtirilishi) farqlanadi. Organizm o'zining tarkibiy tuzilishini bir me'yorda saqlab turishi va energetik sarflarni qoplash uchun, tashqi muhitdan organik va anorganik moddalarni qabul qilib turishi shart. Bu moddalarni, har bir organizm o'ziga xos o'zlashtiradi va foydalanilmay qolgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlaydi. Organizmdagi moddalar almashinuvi (metabolizm), unda bir vaqtda sodir bo'ladigan va bir-biri bilan o'zaro bog'liq - assimilatsiya va dissimiliyatsiya, anabolizm va katabolizm jarayonlaridan tashkil topgan. Almashinuv jarayonlarida, organizmning, o'ziga xos elementlarni tashqi muhitdan qabul qilingan ovqat mahsulotlardan sintez qilinishi - anabolizm, mos ravishda organizmning tarkibiy tuzilishi (strukturaviy) elementlari yoki qabul qilingan ovqat mahsulotlarining parchalanishi bilan bog'liq metabolik jarayonlar - katabolizm deb yuritiladi. o'sayotgan hayvonlar va odamlarda assimilyatsiya jarayoni dissimilyatsiyadan ustunlik qiladi. Balog'atga etgan organizmda bu jarayonlar o'rtasida ma'lum muvozanat saqlanib turadi. qariyotgan organizmlarda esa dissimilyatsiya assimilyatsiyadan ustunlik qiladi. Ekologik muhitning salbiy ta'sirlari kuchayib ketsa yoki turli hastaliklarda bu muvozanat buzilib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga