organopreparatlar. ularni ishlab chiqarishdagi texnologik bosqichlar Reja. 1. Organopreparatlarni rivojlanishini qisqacha tarixi. 2. Organopreparatlarni tasniflanishi. 3. Organopreparatlar umumiy texnologiyasi. 4. Oshqon osti preparatlari. 5. Buyrak usti preparatlari. 6. Qalqonsimon bez preparatlari. 7. Qo'shqalqonsimon bez preparatlari. 8. Gipofiz preparatlari. 9. Jigar preparatlari. 10. Nomalum ta'sirga ega bo'lgan organopreparatlar. Organopreparatlar deb hayvon organlari, to'qimalari va chiqindi moddalaridan tayyorlangan preparatlarga aytiladi. 19-asrda ichki sekretsiya bezlari kashf qilingandan keyin organopreparatlarni ilmiy asosi yaratildi. Keyingi 20 yil ichida organopreparatlar juda rivojlandi. Hozirgi vaqtda qon tomir kasalliklari va saratondan so'ng uchinchi o'rinda allergiya kasalligi turadi. Atrof muhitdagi havo, suv va tuproqning turli kimyoviy moddalar bilan o'ta ifloslanishi organizm chidamliligini pasaytirib yubormoqda va turli allergik kasalliklarga chalinishga olib kelmoqda. hozir dunyo miqiyosida 1300 allergen malum, shundan 900 tasi bizda uchraydi. Shular ichida sun'iy usulda (sintetik) olingan dori-darmonlar bor. IIu sababli ularni organizmga boshqa turdagi birikmalar bilan almashtirish katta ahamiyatga ega. Organopreparatlar maxsus endokrin zavodlarida, qushxona tsexida yoki kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqariladi. Odatda bu korxonalar qushxonaga yaqin joyda tashkil qilinadi. Qushxonalarda veterinar vrach nazorati ostida so'yilgan hayvonlarning kerakli organlari ajratib olinadi va tezda tegishli ishlab chiqarish tsexlariga yuboriladi yoki ular konservatsiya qilinadi. Organlar quyidagi usullarda konservatsiya qilinadi: 1. Tegishli organ 8-12°S da, bazan -40°S da muzlatiladi. Bunda bezlardagi kimyoviy jarayonlar deyarli to'xtaydi va ta'sir qiluvchi moddalar parchalanishdan saqlanadi. 2. 96% li spirt yoki atsetonga solib qo'yiladi. Bu usulda organlar saqlanishdan tashqari, yog' va yog'simon moddalardan ham tozalanadi. 3. Natriy xloridning to'yingan eritmasi o'ta yoki quruq tuzga botirib qo'yiladi. Ishlatishdan oldin organlar yog'lardan, go'shtlardan tozalanadi va go'sht maydalagichlarda qiyma ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.74 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.74 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:18 ]
Arxiv ichida: doc