Orqa miya Orqa miya MNT ning eng qadimiy filogenstik qismi. U organizmni barcha murakkab harakatlariyb boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-oyoq terisidagi ekstroreptorlardan, proprioreseptorlardan va deyarli barcha visterorestorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan tashqari hamma skelet muskullarini nervlaydi. 20-rasm. Markaziy nerv tizimini bo'limlarga ajratish sxemasi Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslar markazlari orqa miyada joylashgan. Ba'zi reflektor harakatlar markazlri miyaning yuqori qismida joylashgan. Orqa miyaning ko'ndalang kesimi: 1 - oq modda; 2 - kulrang modda; 3 - orqa shoxdan chiqqan sezuvchi nerv; 4 - oldingi shoxdan chiqqan harakatlanuvchi nerv; 5 - sezuvchi va harakatlantiruvchi nervning qo'shilishidan hosil bo'lgan aralash nerv tolasi Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdan muskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya 2 ta asosiy faoliyatni reflektor markaz va o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Orqa miyada yana sinpatik va parasimpatik nerf markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini boshqarishda, ichki muhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8-bo'yin, 12-ko'krak, 5-bel, 5-dumg'aza va 1-3 dum segmentlarda iborat. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizi bor. Oldingi ildizlardan markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizlardan esa markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch . Bell va F. Majandiy ildizlarda afferent va efferent tolalarning qonuniy ravishda taqsimlanishini kashf etishgan. Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyarli ikki marta ko'p. Orqa miyadagi 13 mlng yaqin neyronlarning faqat 3 % efferent neronlardir. Qolgan 97% oralig' yoki inter neronlar. Afferent neronlarning tanalari MNT dan tashqarida ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.27 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:20 ]
Arxiv ichida: ppt