Reja: O'smalar bu nima O'smalarni paydo qiluvchi sabablar O'smalarning turlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar O'smalar, blastomalar - organizmdagi o'zgargan va o'zining odatdagi shakli hamda funksiyasini yo'qotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat to'qimalarning zo'r berib o'sib ketishi. O'sma hujayralari O'smalarga sababchi omillar to'xtagandan keyin ham ko'payaveradi. O'smalarni onkologiya fani o'rganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) O'smalar farq qilinadi. Xavfsiz O'smalar atrofdagi to'qimani itaradi, suradi, ba'zan siqib qo'yadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli O'smalar tez rivojlanib, boshqa to'qimalarga o'sib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan o'sma hujayralari turli a'zo va to'qimalarga metastaz beradi O'smalarning ikkilamchi tugunlari - metastazlar hosil bo'ladi, ya'ni O'smalar tarqalib ketadi. O'smalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan o'sib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz O'smalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo bo'lgan joyiga ko'ra hayot uchun xavfli bo'lishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yo'llarida bo'lsa, ularni siqib, ezib qo'yishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta o'sishi mumkin. O'smalarning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bog'liq. O'smalar o'sishi to'qimada cheksiz bo'linuvchi o'zgargan hujayralarning kichik guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha bosqich farq qilinadi: o'sma hujayralarining notekis ko'payishi (giperplaziya); o'choqli proliferatsiya, ya'ni to'qimaning o'sishi, xavfsiz o'smalar hosil bo'lishi; nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli o'smalardan avval paydo bo'lgan va xavfli o'smalarga aylanadigan o'smalar rak oldi, to'qimada ancha erta sodir bo'lgan o'zgarishlar o'sma oldi jarayoni hisoblanadi. O'smalar, odatda 40 yoshdan keyin paydo bo'ladi. Ammo yoshlar va hatto, bolalarda ham uchratish mumkin. O'snalarning oldini ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.64 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:56 ]
Arxiv ichida: ppt