O'smirlik. Jinsiy tarbiya. Oilaviy turmush qurishning tibbiy muammolari. Kontratsepsiya. REJA: 1.O'smirlik davri xususiyatlari. 2.O'smir jinsiy tarbiyasi. 3.Maktab o'quvchilari orasida jinsiy tarbiya. 4.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy muammolari. Qiz bola organizmi xususiyatlari 5.Nikohlarni biologik moslik asosida tuzilishining ahamiyati. 6.Rejalashtirilmagan homiladorlikning oldini olishning ahamiyati va usullari (Kontrasepsiya). 7.Sun'iy abortning ayol sog'lig'iga zarari. O'smirlik davri xususiyatlari. O'smirlik - bolalikdan yigitlikka o'tish davri bo'lib, 15-18 yoshlarni o'z ichiga oladi. Bu davr anatomik-fizologik, psixologik va tibbiy jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga ega.Odam hayotining mazkur bosqichida yoshlarning jismoniy va psixik rivoji sezilarli darajada tezlashadi, hayotdagi turli masalalarga e'tibori, qiziqishi kuchayadi, fikrlash doirasi kengayadi, fe'l-atvori shakllana boshlaydi. O'smirlik-balog'atga yetish davri bo'lib, o'ziga xos sezgilar, xislar, tuyg'ular va oilaviy hayotga taaluqli chigal masalalar uning fikru-xayolini, vaqtini talaygina qismini band etadi. Bular ta'sirida o'smirning atrofdagi kishilar bilan muomulasi, jamiyatda sodir bo'layotgan voqealarga munosabati tez o'zgarib turadi.Ba'zan ayrim ijtimoiy masalalar to'g'risida o'smirda noto'g'ri tasavvur, yanglish fikrlar paydo bo'lishi tufayli, u oilada, o'qish va ish joyida o'rnatilgan muayyan tartib-qoidalarga tanqidiy ko'z bilan qaraydi.Bu esa hayotdagi ba'zi masalalarni talqin qilishda ota-ona, o'qituvchilar bilan o'smir o'rtasida turli anglashilmovchiliklarga sabab bo'ladi. Shu bois, o'smirlik davri ota-ona, o'qituvchilar, jamoatchilik uchun ham, yoshlarning o'zi uchun ham eng murakkab davr hisoblanadi. O'smir jinsiy tarbiyasi. Oilaviy hayot qurishga taaluqli muammolar o'smir fikru-xayolining talaygina qismini egallaydi. U mazkur masalalar bo'yicha o'zini qoniqtiradigan mazmunda ma'lumot olishga intiladi, lekin bu haqda ota-ona, o'qituvchi va yoshi ulug'larga murojaat qilishga jur'at qilmaydi. Shuning uchun bunday ma'lumotlarni u o'zidan sal yoshi kattaroq o'rtoqlaridan so'rab bilishga majbur bo'ladi.Afsuski, ulardan olingan ma'lumotlar o'smirda noto'g'ri tasavvurlar va yanglish ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.05 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:57 ]
Arxiv ichida: doc