Osteoartroz Reja: ma'ruzani maqsadi va vazifasi Etiologriya va patogenezi yoritish Klassifikatsiya va klinika Tanaffus Bemorni ko'rsatish Laborator-instrumental diagnostika Ta±±oslash tashxisi Davolash va profilaktika Xulosa . Savollarga javob OSTYeOARTROZ ta'rifI. Osteoartroz - bo'gim tog'ayi (kemirchagi)ning va yondosh suyak to'qimasining birlamchi degeneratsiyasi bilan ifodalanib, bo'g'im yonidan suyak o'siqlari (osteofitlar) rivojlanadi, sinovial parda qalinlashadi, vorsinkalar ancha kattalashadi va bo'g'im shakli buziladi. hastalik rivojlanishida yallig'lanish va suyak eroziyasi belgilarining ko'pincha aniqlanishi tufayli Osteoartrit atamasi keng tarkalgan osteoartroz va shakl buzuvchi osteoartroz atamasini asta-sekin siqib chiqarmoqda. tarqalishI. Yer kurrasining 20 foiz aholisi osteoartrozdan jafo chekadi. Mazkur hastalik katta (40-60) yoshda, ayniqsa ayollarda (2:1) ko'proq uchraydi. Osteoartrozning rentgen belgilari 50 foiz kishilarda 55 va undan yuqori yoshda aniqlanadi. ETIOLOGIYaSI. Bo'g'im tog'ay sathining mikrojarohatlanishi, ayniqsa surunkali zararlanishi, tog'ay to'kimasini mexanik yuklashga qarshi turish qobiliyatini kamaytiradi va togay degeneratsiyasiga olib keladi. Bemor yoshining xususiyatlari Proteoglikonlar agregatsiyasi (yopishqoqligi)ning kamayishi. Xondriotsitlarning miqdori va faoliyat imkoniyatlari yoshga bog'liq emas, lekin bunda proteoglikanlarning agregatsiya nuqsonlari ko'payadi, bu holat bo'gimning amortizatsiya xususiyatini juda zaiflashtiradi. II tipdagi kollagenning g'ovaqlanishi - tog'ayning qaytalanuvchi mexanik shikastlanishi kollagen karkasining tolalarga ajralishiga olib keladi, IX tipdagi kollagen nuqsonlarining mavjudligi II kollagen magizidap tuzilgan kollagen tolalari govaqlanishini vujudga keltiradi. Irsiy omillar. Eroziyali osteoartrit. Distal va proksimal barmoklararo bo'g'imlarning eroziyali osteoartritining rivojlanishi ko'p darajada bilvosita irsiy holatga bog'lik. Osteoartritning mazkur turi ayollarda 10 marta ko'p uchraydi, bu holat belgini ayollarda autosomdominantli, erkaklarda esa - retsessivli nasllanish bilan tushun-tiriladi. Yaqinda topilgan II tip kollagen geni illati uning degeneratsiyasiga olib keladi. Yalliglanish. Bo'g'im tog'ayi sathiga joylashadigan immunglobulinlarni va komplementni aniqlash antigen xususiyati ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.91 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 03:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.91 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 03:22 ]
Arxiv ichida: doc