O'suvchi asoratlangan miopiya, maktab miopiyasi, profilaktikasi va davolash Fizikada refraktsiya deganda nurlarning biror linza yoki qator qo'yilgan bir nechta linzalardan o'tib sinishi tushuniladi. Oftalmologiyada ham ko'zning tuzilishi linzalar sistemasiga o'xshaydi. Shox parda, ko'zning oldingi kamera suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tanalar - ko'zning optik sistemasidir. Tashqi muhitdagi buyumlar va borliqdan ko'zga tushgan nurlar nur sindiruvchi qismlardan sinib o'tadi va ko'z refraktsiyasini vujudga keltiradi. Ko'z refraktsiyasining tashkil topishi uchun musaffo va tiniq shox pardadan to to 'r pardagacha yotgan masofada hech qanday loyqalanish, chandiqlanish bo'lmasligi kerak. Ko'zga tushgan nurlar ketma-ket sinib o'z yo'nalishlarinini o'zgartirib, bir nuqtaga yig'ilishi kerak. Ko'zga ko'rinib turgan buyum aksini keltirayotgan nurlar ko'zning to'rt nur sindiruvchi sathi: shox pardaning oldingi va orqa sathi, gavharning oldingi va orqa sathidan o'tib, ulaming har biri nurlarning birlamchi yo'nalishini o 'zgartirish natijasida ko'z optik sistemasida fokus (F) yoki o'sha buyumning haqiqiy shaklini kichraygan teskari aksini sariq dog'da vujudga keltiradi. Bu jarayon ko'z optik sistemasining umumiy nur sindirish qobiliyati uning fizik refraktsiyasi deyiladi. Ko'zning fizikrefraktsiyasining kuchi 52 dan 71 dptr gacha bo'lib, o'rta hisobda 60 dptr. Shularga asoslanib, refraktsiyaning klinik ta'rifi quyidagicha bolishi mumkin. Klinik refraktsiya bu ko'z optik sistemasining ko'z soqqasi uzunligiga parallel yurgan nurlarni sindirib, buyumlar aksini to'r pardada ifoda etishga qaratilgan anatomik-fiziologik holatdr. Bunda ko'z optik sistemasi bosh fokusining to'r pardaga nisbati hisobga olinadi. Bu jarayonning normal bajarilishi uchun ko'z soqqasi o'qining uzunligi va uning nur sindirish sistemasining kuchi Refraktsiya - nurlarni sindirish. bir-biriga mos kelishi shart. Ko'zning optik o'qi (uzunligi) ham nur sindiruvchi sathlar qiyosining markazidan o'tadigan chiziqdir Cheksiz ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.66 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.66 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:57 ]
Arxiv ichida: docx