O't pufagining yallig'lanishi. Xoletsistit

O't pufagining yallig'lanishi. Xoletsistit

O'quvchilarga / Tibbiyot
O't pufagining yallig'lanishi. Xoletsistit - rasmi

Material tavsifi

O't pufagining yallig'lanishi xoletsistit Reja: O't pufagining yallig'lanishi O'tkir xoletsistit Surunkali xoletsistit Xoletsistit - o't pufagining yallig'lanishidir. Bu kasallik keng tarqalgan bo'lib, ayollarda ko'p uchraydi. Etiologiyasi. Xoletsistitning kelib chiqishida har xil bakteriyalar katta ahamiyatga egadir: (ichak tayoqchasi, stafilokokk, enterokokk, streptokokk), ba'zi hollarda lyamblioz ham ta'sir qiladi. Hozirgi vaqtda xoletsistitning kelib chiqishida virusli nazariyaning ham ahamiyati borligi isbotlangan. Toksik va allergik tabiatga ega bo'lgan xoletsistitlar uchraydi, o't pufagiga mikrob florasining kirishi quyidagi yo'llar bilan sodir bo'ladi: Enterogen-ichak orqali. Gematogen (qon orqali) ayrim infeksiya o'choqlaridan, Limfogen (limfa tomirlari orqali). O't pufagiga mikrob florasining tushishi hamma vaqt ham yallig'lanishga olib kelavermaydi. Xoletsistit kelib chiqishida asosiy moyillik qiluvchi omil o'tning o't pufagida dimlanishi hisoblanadi. O't toshlari, o't chiqaruvchi yo'llarning buralib qolishi va siqilishi, o't pufagi va o't chiqarish yo'llarining diskineziyasi hamda o't pufagi va yo'llarining anatomik tuzilishidagi har xil nuqsonlar o't dimlanishiga olib keladi. O't yo'llari tonusi va harakat funksiyasining buzilishi, turli xil emotsional holatlar, endokrin va vegetativ tizimlar faoliyatining zararlanishi, har xil kasalliklar natijasida ovqat hazm qilish tizimining patologik o'zgargan a'zolaridan kelib chiquvchi turlicha reflekslar ta'sirida yuzaga keladi. O'tning o't yo'llarida, pufagida dimlanib qolishiga yana ichki a'zolarning tushishi, homiladorlik, kam harakatlilik, vaqtida ovqatlanmaslik kabi omillar ta'sir etadi. O't-tosh kasalligi asosida xoletsistitning kelib chiqishi bir qancha ta'sirotlarga bog'liq. Bular o't pufagi devorining doimo toshlardan ta'sirlanishi, o't-tosh kasalligiga ikkinchi kasallik bo'lib qo'shilgan o't pufagining diskineziyasi hisoblanadi. Bundan tashqari, infeksiya o't toshlariga joylashib olib, o't pufagida yallig'lanish jarayonini chaqiradi. O't yo'llarining diskineziyasida pankreatik shiraning shu yerga tushishi sababli shiradagi tripsinni sitokinazalar ta'sirida aktivlashishi natijasida xoletsistit rivojlanishiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.48 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.48 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga