O't yo'llari va o't qopi tuzilishi Reja: Tibbiy ahamiyati Hazm trakti bilan bog'liq bo'lgan a'zolar. Me'da osti bezi Jigar O't yo'llari va o't qopchasi O't suyuqligi gepatositlar tomonidan ishlab chiqariladi va o't kanalchalari orqali o't yo'llari tomon harakatlanadi. O't yo'llari jigarning biriktiruvchi to'qimali to'siqlaridan o'tib, ikkita - o'ng va chap o't yo'llari, so'ng jigarning umumiy o't yo'lini hosil qiladi. U o't qopining chiqaruv yo'li bilan qo'shilib umumiy o't yo'liga aylanadi va o'n ikki barmoqli ichakka ochiladi. Jigar, o't qopi va umumiy o't yo'lining devorida bir qavatli epiteliy - хolangiositlar bilan qoplangan shilliq parda tafovut etiladi (rasm). Xususiy plastinka va yupqa shilliq osti qavati shilliq bezlar tutadi. O't naychalarining ba'zi soхalarida yupqa mushak qavati ham uchraydi. Ushbu mushaklar qavati o'n ikki barmoqli ichak sohasida qalinlashib, sfinkterni hosil qiladi va o't suyuqligini ingichka ichakka oqishini boshqarib turadi. O't qopi noksimon shaklga ega bo'lgan va jigarning pastki sohasida joylashgan a'zodir. Uning vazifasi o't suyuqligini to'plash va uni konsentratsiyalash. Uning hajmi 30-50 ml ni tashkil qiladi. Uning devori uch qavatdan iborat. Shilliq qavati bir qavatli silindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida хususiy plastinka va yupqa mushak qavati joylashgan. Mushak tolalarning yo'nalishi asosan bo'ylama bo'lib, tashqi tomondan adventitsiya yoki seroz parda bilan o'ralgan. Shilliq parda o't qopi bo'sh paytida burmalar hosil qilgan bo'ladi. O't qopining epiteliy hujayralari yuzasida mikrovorsinkalar, sitoplazmasida esa ko'pgina mitoхondriyalar tutgan bo'ladi. Hujayralararo bo'shliq keng bo'lib, suvning reabsorbsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o't suyuqligi konsentrasiyalanadi. Reabsorbsiyaning meхanizmi Na+ nasosi bilan bog'liqdir. O't qopining mushak qavati ingichka ichak endokrinositlari tomonidan sintezlangan ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.86 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.86 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:58 ]
Arxiv ichida: doc