PATOLOGIK ANATOMIYa 1 O'TA XAVFLI INFYeKSIYALAR: GYeMORRAGIK ISITMA. KUYDIRGI. O'LAT. VABO epidemiologiya, etiologiya, patogenez va patologik Gemorragik isitma (Gemorragicheskaya lixoratka) bu - virusli infeksiya bo'lib, gemorragiya va kuchli isitma beradi. GI qo'zg'atuvchi 3-ta viruslar guruhidan iborat: Bunyavirales, Arenaviridae, Filoviridae. Bunyaviruslar - Krim, Rift isitmasi va buyrak sindromi beradi. Arenoviruslar - Lassa, argentina, braziliya, venesuela, boliviya isitmalari. Filoviruslar - Ebola, Denge va sariq isitmani qo'zg'atadi. Patogenezi, qon tomirlar devori zararlanishi va trombogemorragik sindrom Uning simptomlari sifatida: kuchli intoksikatsiya, yuqori issiqlik, gemorragik toshma, qon quyilishlar, poliorgan yetishmovchiliklar paydo bo'ladi. Viruslar manbasi odam va hayvonlar. Yuqish yo'llari bo'yicha: kanalar infeksiyasi, chivinlar, kontakt yo'l bilan. 100 nm 1mm = 1 00 00 nm Gemorragik isitmaning patologik anatomiyasi Patologik anatomiyasi - barcha ichki a'zolarda to'laqonlik, qon quyilishlar, xatto gipofizda ham kuchli shish va mayda qon quyilishlar topiladi. Buyraklar keskin kattalashgan, kesimida po'stloq qavat kengaygan, oqargan, mag'iz piramidalari qizargan, ko'pincha tashqi pardasi yorilgan va gematomalar paydo bo'lgan. Mikroskopik jihatdan: qon tomirlar endoteliysi ko'chib tushgan, bazal membranasi shishib, qalinlashgan, plazma quyilgan, tomirlar ichida sladj-sindrom, mayda tromblar paydo bo'lgan. O'tkir buyrak yetishmovchiligi, gipofiz va buyrak usti beziga qon quyilishlar aniqlanadi. Asoratlari: infeksion-toksik shok, gipovolemik shik, DVS-sindrom, o'pka shishi, buyrakning yorilishi, azotemik uremiya, o'tkir yurak-tomir yetishmasligi rivojlanadi. Kuydirgi -antraks - ko'mirdek karbunkul - o'ta xavfli infeksiya Qo'zg'atuvchisi - Bacillus anthracis - spora paydo qiluvchi grammusbat tayoqcha (1-1,5 mkm) Tayoqcha ekzotoksin ashratadi, tayoqchaning tashqi pardasi antifagotsitar faollikga ega, yani makrofag fagotsitozini to'xtatadi, 150˚ o'ladi. Infeksiya manbai: sigir, ot, qo'y, echki, kiyik, tuya hisoblanadi Patogenez: infeksiyaning asosiy kirish yo'li shikastlangan teri ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.87 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.87 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:58 ]
Arxiv ichida: pptx