O'ta xavfli infeksiyalar o'lat, kuydirgi. O'lat Reja: Kasallik haqida qisqacha ma'lumot. O'latga ta'rif, kirish-o'latni ijtimoyi va iqtisodiy, zararlari haqida tushyncha KIRISh O'lat o'tkir tabiiy o'choqli transmissiz kasallik bo'lib Iersinia pestis qo'zg'atuvchisi keltirib chiqaradi. Kasallik yuqori isitma og'ir intoksikatsiya belgilari, limfa tugunlari, o'pka va boshqa a'zolarda gemorragik-nekrotik yallig'lanishga xos bo'lgan klinik belgilar bilan kechadi. Kasallik epidemik va pandemik tarqalish xusuiyatiga ega bo'lganligi uchun o'ta xavfli va karantin infeksiyalar guruhiga kiradi va xalqaro bibiiy-sanitariya qoidalariga amal qilinadi. ETIOLOGIYaSI. O'lat qo'zg'atuvchisi Iepsinia pestis, harakatsiz, ikki cheti yumoloq 1,5-2,0x0,5-0,7 mkm tayoqchasimon shakldir. O'lat mikroblari polimorfizm xususiyatiga ega bo'lib cho'zinchoq, donador, ipsimon va filtrlanadiga turlari ham bo'ladi. O'lat mikroblari spora hosil qilmaydi, kapsulalari bor, grammanfiy, anilin bo'yoqlar bilan yaxshi bo'yaladi (ikki cheti to'qroq bo'yaladi-bipolyar bo'yalish xususiyati). O'lat qo'zg'atuvchisi fakultativ anaerob. Ular oddiy suyuq va qattiq ozuqa muhitiga 25-30 S va rN 6,9-7,2 bo'lgan holatda R-virulentli va V- virulentli turlari ko'rinishida yaxshi o'sadi. Mikroblarni ozuqa muhitida yaxshiroq o'sishi uchun hayvonlar qonidan oz-ozdan qo'shib boriladi. Bemor odamlar qonbdan, bubondan va rekonvalestsentlardan, burga va kalamushlardan iersiniyalarni eritish xususiyatiga ega bo'lgan bakteriofag ajratib olingan. O'lat qo'zg'atuvchalari endo- va ekzotoksin ishlab chiqaradi, issiqqa chidamli sematik va issiqqa chidamsiz kapsula antigenlari bor (hammasi bo'lib 20 xil antigeni bor). EPIDYeMIOLOGIYaSI. O'lat aynan tabiiy o'choqli transmissiz kasallik. O'latni tabiiy, birlamchi («yovvoyi o'lat»), sinantrop, ikkilamchi o'choqli («shahar ichida», «bandargox» o'latlari) shakllari farqlanadi. O'latning tabiiy o'choqlari kemiruvchilar va ularda yashaydigan burgalar orqali o'tib cho'l va dasht mintaqalarida insonlarga bog'liq bo'lmagan holda tarqaladi. Tabiiy o'choqlarda o'lat qo'zg'atuvchilari kemiruvchilar va burgalarning ayrim joylarga ko'chib o'tishlari sababli kasallik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:20:23
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.29 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:20 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.29 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:58 ]
Arxiv ichida: doc