O'ta xavfli infeksiyalarda (o'lat, kuydirgi, qrim-kongo gemorragik isitmasi) hamshiralik ishi

O'ta xavfli infeksiyalarda (o'lat, kuydirgi, qrim-kongo gemorragik isitmasi) hamshiralik ishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
O'ta xavfli infeksiyalarda (o'lat, kuydirgi, qrim-kongo gemorragik isitmasi) hamshiralik ishi - rasmi

Material tavsifi

O'ta xavfli infeksiyalarda (o'lat, kuydirgi, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi) hamshiralik ishi Reja: Sariq isitma etiоlоgiya, epidеmiоlоgiya, pаtоgеnеz. Kuydirgi klinik bеlgilаri. Qkgi diаgnоstikаsi. GEMORRAGIK ISITMALAR Gemorragik isitma kasalliklarini arboviruslar, arenoviruslar va filoviruslar qo'zg'atadi. Bugungi kunda dunyo bo'yicha besh yuzdan ortiq arbovirus turlari aniqlangan, shularning 100 tasidan ko'prog'i odamlarda kasallik chaqiradi. Respublikamizda odamlarda kasallik chaqiradigan 20 turga yaqin arboviruslar aniqlangan. Gemorragik isitma kasalliklari qo'zg'atuvchilarining rezervuarlari qishloq xo'jalik hayvonlari, kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar va boshqalar hisoblanadi, hamda ularning organizmlarida bu kasallik subklinik yoki latent shaklida namoyon bo'ladi. Arboviruslar qo'zg'atadigan gemorragik isitmalar asosan transmissiv yo'l bilan, ya'ni qon so'radigan bo'g'im oyoqlilarning chaqish jarayonida yuqadi. Arenoviruslar, filoviruslar qo'zg'atadigan gemorragik isitmalar esa maishiy - muloqot, havo va parenteral muolajalar orqali o'tadi. Gemorragik isitma kasalliklari ko'p jihatlari bilan o'xshash bo'lsada, kasallikning kechishi, rivojlanishi, epidemiologik jarayonning namoyon bo'lishi, qo'zg'atuvchilarining o'ziga xosligi, kasallik qo'zg'atuvchilarining manbalari va yuqish mexanizmlari bilan bir-biridan farq qiladi. QRIM - KONGO GEMORRAGIK ISITMASI Sinonimlari: Qrim gemorragik isitmasi (QGI), O'rta Osiyo gemorragik isitmasi, O'zbekiston gemorragik isitmasi va hokazo. Etiologiyasi. Qrim - Kongo gemorragik isitmasi (QKGI) qo'zg'atuvchisi o'zida RNK saqlovchi arbovirus bo'lib, Bunyaviridae oilasiga, Navirovirus turiga kiradi, kasallik qo'zg'atuvchi virus yuqorida ta'kidlangandek birinchi bo'lib 1945 yilda M.P. Chumakov tomonidan topilgan. Keyinchalik Ovropa va O'rta Osiyo davlatlarida aniqlangan bu viruslar bir xil viruslar bo'lib, bitta serologik turga mansub ekanligi ma'lum bo'lgan. Virus sferik shaklida bo'lib, diametri 92-96 nm keladi. Virus tashqi muhitda uncha chidamli emas, lekin yuqori haroratga juda sezgirdir. Virus ayniqsa cho'chqa, Suriya olmaxoni va maymun embrioni buyraklari hujayralariga o'ta sezgirdir. Virus asosan hujayralar sitoplazmasida joylashadi. Epidemiologiyasi. QKGI virusining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.93 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.93 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga