Otalanish. Mo'rtakni ko'chirish. Transplantatsiya

Otalanish. Mo'rtakni ko'chirish. Transplantatsiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Otalanish. Mo'rtakni ko'chirish. Transplantatsiya - rasmi

Material tavsifi

Otalanish. Mo'rtakni ko'chirish (transplantatsiya) Reja: Otalanishning mohiyati, bosqichlari, joyi, tuxum hujayrasining tuzilishi. Embrionlarni transplantatsiyalash. Uning ahamiyati. Donorlarni tanlash va urug'lantirish. Mo'rtakni yuvib olish, baholash va saqlash. Mo'rtakni retsipient bachadoniga kuchirish. Otalanish - deb spermatozoidlarning tuxum hujayrasi protoplazmasiga kirib o'zaro assimiliyatsiya va dissimilyatsiyaga uchrashidan iborat bo'lgan murakkab fiziologik jarayonga aytiladi. Shu hujayralarning o'zaro birikishi natijasida zigota hosil bo'lib, undan yangi organizm vujudga keladi. Ootsitlar otalanmasa uzoq yashamaydi, yani ovulyatsiyadan keyin 6-10 soat o'tishi bilan ularning shakllari o'zgarib, yadrosi burishib qoladi va shu tariqa halok bo'ladi. Tuxum hujayraning urug'lanishi tuxum yo'lining boshlanish qismida sodir bo'lib, shu yerda zigotaning dastlabki o'sish davri boshlanadi. Urug'lanishning normal o'tishi tuxum hujayraning ko'plab fiziologik normal spermatozoidlar bilan uchrashishiga bog'liq. Urug'lanish kimyoviy va morfologik jarayonlardan iborat. Kimyoviy jarayonlar deganda erkak va urg'ochi hayvon jinsiy hujayralarining o'zaro assimilyatsiyasi natijasida organik moddalar, asosan oqsillar, nukleoproteidlar va lipoproteidlar paydo bo'lishi tushuniladi. Bunday o'zgarishlarning ro'y berishida turli fermentlarning ta'siri katta. Superfekundatsiya - deb bitta jinsiy sikl davrida bir necha tuxum hujayralarining otalanishiga aytiladi, bu jarayon ko'proq it, mushuk, cho'chqalarda va kamroq biyalarda uchraydi. Yetilayotgan follikula (Graaf pufakchasi)da birinchi tartib ootsit bo'ladi. Tuxum hujayra tuxum yo'liga ikkinchi tartib ootsit davrida tushadi. Ushbu davrda birinchi qutbda tana hosil bo'lib, bu reduksion bo'linish tugallanganligini ko'rsatadi. Agar bu davrda spermatozoid tuxum hujayra bilan uchrashmasa, meyoz davri shu bosqichda tugab, ootsit tuxum hujayraga aylanmaydi. Ovulyatsiya natijasida follikuladan chiqqan ikkinchi tartibli ootsit o'zini o'rab olgan follikulyar hujayralar bilan birgalikda tuxum yo'liga tushadi. Tuxum yo'lining peristaltik harakati tufayli asta-sekinlik bilan bachadon tomon siljiy boshlaydi. Hayvon o'z vaqtida urug'lantirilgan bo'lsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.74 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 03:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.74 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga